A seriya. “Milan” Gattuzo qo'l ostida ketma-ket ikkinchi mag'lubiyatga uchradi

24 dek 2017, 00:31
Italiya A seriyasining 18-turida “Milan” o'z maydonida “Atalanta”ga imkoniyatni boy berdi.

“San-Siro”da kechgan bahsning har ikki bo'limida mehmonlar bittadan gol urib, yakunda ishonchli g'alabani qo'lga kiritishdi.

“Milan” A seriyada yangi bosh murabbiyi qo'li ostida ketma-ket ikkinchi mag'lubiyatni qarshi oldi va 24 ochko bilan jadvalning 9-pog'onasida bormoqda. 

Milan – Atalanta 0:2 (0:1, 0:1)

Gollar: 0:1 – 32 Kristante, 0:2 – 71 Ilichich.

Milan – Donnarumma, Abate, Musakko, Bonuchchi, Rodriges, Kessie, Montolivo (Bigliya, 83), Bonaventura (Chalxanoglu, 76), Borini, Kalinich (Andre Silva, 82), Kutrone.

Atalanta –Berisha, Toloi, Kaldara, Masello, Xatebur, de Ron, Froyler, Spinaccola, Kristante (Kurtich, 80), Petanya (Ilichich, 64), Gomes.

Ogohlantirish: Kutrone (31), Kessie (40).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia