6 nafar futbolchi "Lokomotiv"dan ketdi

Sherzod Nurmatov
29 noya 2022, 14:58
Yakuniga etgan mavsumdan keyin "Lokomotiv" 6 nafar futbolchi bilan xayrlashganini ma'lum qildi.


"Himoyachi Alisher Salimov, yarim himoyachilar G'ulom-Haydar Gulyamov, Islom Rashidxonov, Javoxir Alijonov hamda hujumchilar Mo'minjon Meliev va Ivan Nagaevga ushbu mavsumda jamoamiz tarkibidagi o'yinlari uchun "Lokomotiv" PFK rahbariyati, muxlislari nomidan minnatdorlik bildiramiz va ularning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz.

"Lokomotiv" o'z oldiga qo'ygan maqsadlaridan chekinmaydi va Coca Cola Superligasiga qaytishga harakat qiladi. Biz hali yana xalqaro maydon uchun kurashishda davom etamiz!", – deyiladi "temiryo'lchilar" matbuot xizmati xabarida.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати