OTJning Osiyo chempionatiga boradigan yakuniy tarkibi haqida - Shahboz Beg'amov

Aslanov Jasurbek
28 dek 2019, 01:17
O'zbekiston OTJ a'zosi hisoblangan, lekin yakuniy tarkibga kirmagan futbolchilar: Umid Ergashev, Husniddin G'ofurov, Oston O'runov va Islom Rashidxonov.

Menimcha, ortiqcha savol yoki etirozga o'rin yo'q. O'runovning o'yinida pasayish kuzatilgan bo'lsa, G'ofurov ayni damda tayanch zonasida o'ynayotgan yoki himoya markazida o'ynashi mumkin bo'lgan raqobatchilaridan yaxshiroq formada emas. Bugun Nasafdan Navbahorga o'tgan Rashidxonov esa o'tgan mavsum qarshiliklar safidagi o'rnini yo'qotib qo'ygandi.

Shuni qo'shimcha qilish kerakki, aslida o'tgan mavsumda Nasafning asosiy kiperi va OTJda birinchi raqamli posbon sanalgan Umid Ergashev jiddiy jarohati bois mavsumni katta qismini o'tkazib yubordi va qita chempionatiga qadar tiklanishga ulgurmadi.

Ma'lumot o'rnida:

Tailandda o'tadigan Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga boradigan O'zbekiston OTJ tarkibidagi 6 nafar futbolchilar - Islom Qobilov, Xojiakbar Alijonov, Oybek Rustamov, Aziz G'aniev, Jasur Yaxshiboev va Bobir Abdixoliqov musobaqaning amaldagi g'olibi hisoblanadi.

Ularda ikki karra chempionlikni rasmiylashtirib, ikki karra tarixdan muqim o'rin olish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, o'tgan galgi chempion tarkibimizda bo'lgan va bo'lajak musobaqada o'ynashi mumkin bo'lgan - Husniddin G'ofurov va Suhrob Nurulloev bu galgi jamoa tarkibiga loyiq ko'rilmadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia