36 yoshli Milner faoliyatidagi 800-o'yinni o'tkazdi. U har mavsumda o'rtacha 40tadan o'yin o'tkazadi

Alisher
17 fev 2022, 13:57
"Liverpul" yarim himoyachisi Jeyms Milner "Inter" (2:0)ga qarshi Chempionlar Ligasi 1/8 final o'yinida ishtirok etdi.

36 yoshli angliyalik 86-daqiqada Tiago Alkantarani almashtirdi.

Milner uchun bu o'yin faoliyatidagi 800-si bo'ldi: 275 o'yin "Liverpul", 203 o'yin "Man Siti", 136 o'yin "Nyukasl", 126 o'yin "Aston Villa", 54 bahs "Lids" va 6ta uchrashuvni "Suindon" tarkibida o'tkazgan.

Milner 20 yillik professional faoliyatida har mavsumda 40tadan o'yin o'tkazmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Opta