3 ta klub "Milan" futbolchisi bilan bog'liq vaziyatni kuzatib bormoqda

Sherzod Nurmatov
11 okt 2024, 16:15
Yevropaning uchta klubi Italiyaning "Milan" jamoasi himoyachisi Teo Ernandesga da'vogar, deb xabar berdi "Fichajes".

Germaniyaning "Bavariya" klubi Ernandesni kelasi yozda shartnomasi muddati tugaydigan Alfonso Devisga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi fransiyalik futbolchi arzonligi uchun u bilan qiziqib qolgan. PSJ esa allaqachon Ernandes bilan transfer borasida muzokaralar olib bormoqda.

Teo Ernandesning "Milan "bilan kelishuvi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi va hozircha uni uzaytirish borasida kelisha olmayapti – himoyachining moliyaviy talablari italiyaliklarni qoniqtirmayapti.

Teo Ernandes joriy mavsum "Milan" libosida 9 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes