Rasman: “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta ham koronavirus yuqtirib olgani ma'lum bo'ldi

13 mar 2020, 07:54
Ma'lumotni klub matbuot xizmati tasdiqladi.

Mikel Artetaning koronavirus bo'yicha topshirgan testi ijobiy natija bergan. Avvalroq “Olimpiakos” xo'jayinida koronavirus aniqlangandi. Evangelos Marinakis esa Yevropa Ligasida “Arsenal”ga qarshi bahsdan so'ng London klubi vakillari bilan aloqada bo'lganligi qayd etilgandi. Shundan so'ng “to'pchilar”ning bir necha a'zosi 14 kunlik karantinga olingandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Арсенал” расмий сайти