So’nggi yangiliklar

12:55"Ливерпуль"га юлдуз ҳужумчисини сотиш учун 90 млн евро таклиф қилинди  1 12:31Итсуки Урата: "Олға юришимизни шу зайлда давом эттиришга ҳаракат қиламиз"  1 12:14Беҳзод Шамсиев: "Ўйин "Бунёдкор" учун яхши, биз учун ёмон ўтди"  1 11:57Абдумавлон Абдужалилов: "Ғалаба чиройли кўринади, лекин унинг замирида ётган меҳнат машаққатли ҳисобланади"  1 11:30Луис Качорри: "Мавсум давомида имкон қадар кўпроқ гол урмоқчиман. Тўхташни хоҳламайман"  2 11:11Азизбек Маткаримов: "Мақсадимиз - Бағдод туманига катта футбол ҳавосини қайтариш"  1 10:56АПЛнинг ТОП жамоалари франциялик ҳужумчисига 80 миллион тўлашга тайёр  1 10:28Бразилияни бошқаришга асосий номзод маълум  6 09:54"Барселона" афсонаси оқланди ва қамоқхонадан озод этилди  6 09:28"Бунёдкор" "Сурхон"га ҳеч қандай имконият қолдирмаган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 09:01"Бавария" афсонаси ёзда жамоани тарк этади  6 08:27Тимур Кападзе Азиз Ғаниевни терма жамоага қайтиши ҳақидаги саволга жавоб берди  34 07:58Гвардиола кубок баҳсидан олдин ташкил этилган матбуот анжуманида Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  13 07:30Суперлига. Бугун 3-тур якунланади  4 02:33Расман: Бразилия термасида истеъфо!  8

Bayramingiz muborak bo'lsin, aziz ustozlar! Yangiliklar

Bayramingiz muborak bo'lsin, aziz ustozlar!

Bugun 1 oktyabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni!
SHu kuni bizga saboq bergan, hayot so'qmoqlaridan odimlab borishimizda ustozlik qilgan va bu vazifani ayni paytda ham sharaf bilan bajarib kelayotgan insonlarni kasb bayramlari bilan tabriklashga oshiqamiz.  Albatta, har birimiz istalgan sohada mehnat qilmaylik, ustoz va murabbiylarga ehtiyoj sezamiz. Avvaliga maktabgacha talim muassasasi, keyin maktab, navbati bilan oliy o'quv yurtida ustozlardan saboq olamiz. Ota-onalarimiz esa bu borada bizning bir umrlik yo'ldoshimiz. Ularning o'gitlari esa alohida mavzu. Farzandlar talim-tarbiyasi, yosh avlodni barkamol insonlar etib kamolga etkazishga alohida etibor qaratish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan. Xalqimizning ustoz otangdek ulug', degan purhikmat naqlida ham o'qituvchi va murabbiylarga bo'lgan samimiy ehtirom namoyon. Bu bayram, avvalo, o'zining bilim va tajribasi, istedod va mahorati, insoniy fazilatlarini, ko'z nuri va qalb qo'ri, butun borlig'ini ayamasdan, marifat yo'lida beminnat xizmat qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining yaqqol namunasidir.

Bir necha yildirki, yurtimizda 1 oktyabr - O'qituvchilar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlab kelinmoqda. Ming-minglab murg'ak qalblarga ezgulik yog'dusini sochadigan, o'z o'quvchilariga hayot maktabini beradigan mo'tabar zot - o'qituvchi va murabbiylarimizga bugungi kasb bayramingiz muborak bo'lsin, deymiz!

Haqiqatan ham, ko'z nuri va qalb qo'rini, butun ongli hayotini yosh avlodga bilim va tarbiya berishga, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishga bag'ishlagan, bir so'z bilan aytganda, Vatanimizning ertangi kunining poydevorini yaratayotgan bu insonlarning olijanob mehnatiga har qancha tahsin aytsak oz.

Ustoz deganda, har qaysi inson ko'nglida chuqur hurmat - ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg'ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o'lchab va ado qilib bo'lmaydigan qarzdorlik xissi paydo bo'ladi. Ustozlarimiz o'giti, keksalarimiz pand-nasihatlariga amal qilib borsak, aslo kam bo'lmaymiz. Bu bilan ustoz va murabbiylarimiz oldidagi ilk burchimizni ado etgan bo'lamiz. Inson, avvalo, unga bilim va marifat dunyosi sari yo'l ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar hissini singdirish yo'lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylariga nisbatan ko'nglida hamisha minnatdorlik tuyg'usi bilan yashaydi. Xalqimiz ustozlarni ezozlab:

“Ustozning umri - mangu, chunki shogirdlar umri unga ulanadi”, - deydi. Ha, juda ham to'g'ri fikr. Muallim - ustoz shunday mo'tabar zotki, uning nomi ham, umri ham hamisha boqiydir. Ustoz va murabbiy! Biz barchamiz yoshimiz, kasbu korimizdan qatiy nazar, bu so'zlarni eshitganimizda ko'nglimizdan faqat iliq fikrlaru yorqin xotiralar o'tadi. SHu tobda ko'z o'ngimizda qo'limizga qalam tutqazib, endigina ilm olamiga etaklagan birinchi ustoz-muallim, qiynalib turganimizda masalaning tugunini echishga yordam qilgan, birgina shu amali bilan umr bo'yi yodimizda qolgan kishi gavdalanadi. Qalbimizda unutilmas iz qoldirgan qadrdon maktabimiz va uning bag'rida kechgan beg'ubor yillarimizni, bizga bilim bergan, insoniylik fazilatlarini o'rgatgan mehribon o'qituvchi va murabbiylarimizni katta hurmat va ehtirom bilan eslaymiz.

Sizning talimingiz olmagan kim bor,
Siz-ku yuraklarda ilk ziyo yoqqan.
Olimmi, shoirmi va yo sanatkor,
Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqqan.
Bitta harf dardida riyozat chekib,
Oqibat ko'kka ham chiqolgan inson.
Ne ajab sizlarni baxtiyor etib,
O'rnidan dast turib, bosh egsa shu on.
Buyuk Alisherbek lutf etgan misol,
Savod o'rgatdingiz qancha ranj bilan.
Qoplab bo'larmikan bu qarzni alhol,
O'zib bo'larmikan yuzta ganj bilan.

Barcha ustoz va murabbiylarimizni championat.asia va olamsport.com saytlari ijodiy guruhi nomidan 1 oktyabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Yosh avlodga ziyo nurini taratishdan aslo charchamang, deymiz.

Kamoliddin ALIMOV
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика