So’nggi yangiliklar

22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  0 21:48Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  5 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  3 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  6

Qozog'iston termasi ustozi: "O'zbekiston terma jamoasining yaponlar va koreyslar bilan bir guruhda bo'lganini hech qachon ko'rmaganman" Yangiliklar

Qozog'iston termasi ustozi: "O'zbekiston terma jamoasining yaponlar va koreyslar bilan bir guruhda bo'lganini hech qachon ko'rmaganman"

JCH saralashi doirasidagi Lixtenshteynga qarshi (2:0) uchrashuvdan so'ng Qozog'iston milliy terma jamoasining vaqtinchalik bosh murabbiyi Ali Aliev O'zbekiston haqida fikr bildirdi.

- O'zbekiston Jahon chempionatiga chiqishga yaqin turibdi, biz esa dastlabki 40 daqiqada biror marta raqib darvozasiga zarba berolmadik. Qachon mintaqadagi qo'shnilarimiz kabi o'ynay boshlaymiz?

- Avvalo, bugun Qirg'iz Respublikasi va O'zbekiston 3 markaziy himoyachi bilan o'ynaganini takidlayman. Bu birinchisi. Ikkinchidan, agar Osiyoda o'ynasak, Jahon chempionatida ishtirok etamiz. Hech kim Osiyo futbolini bo'rttirib ko'rsatmasin. O'zbekiston terma jamoasining yaponlar va koreyslar bilan bir guruhda bo'lganini hech qachon ko'rmaganman.

Biz boshqa narsalar haqida gapiryapmiz. Uels va Makedoniya o'yinini ko'rdingiz. Makedoniya bu erga kelib uchta gol urdi, biz esa ikkita, lekin yosh o'yinchilarni maydonga tushirdik. Ular hali tajribasiz... Bugun g'alaba qozonganimizdan xursand bo'lishimiz kerak, axir qancha o'yinlarda g'olib bo'la olmadik. Biz tahlil qilib, barcha malumotlarni taqdim etamiz.

Qirg'iz Respublikasining Qatarga qarshi o'yinini kuzatdim. Qatar piyoda yurib, hech narsa qilishni xohlamadi... Biz esa bugun shod bo'lishimiz lozim. Dastan Satpaevni maydonga tushirdik, Galimjan Kenjebek va Naurizbek Jagorovga imkoniyat berdik. Bizga ijrochilar zarur. Bizga vaqt kerak. Agar 0:0 qayd etganimizda, Alievni yangi maydonda jazolardingiz. Ammo biz 2:0 hisobida yutdik. Keyingi o'yingacha – ikki oy davomida faxrlanishimiz mumkin.

Reyting: -95   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика