So’nggi yangiliklar

09:38Расман. АПЛдаги илк истеъфо содир бўлди  2 08:55Бугун U-17 терма жамоамиз Марокашга қарши майдонга тушади  3 08:26Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё кубогига йўлланма олиши мумкин  2 07:58ЖЧ-2026. Яна бир терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  2 07:30Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ чемпионликни қўлга киритган мусобақанинг тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛEРEЯ  0 07:13CAFA Nations Cup-2025. Ўзбекистон - Эрон 1:0  17 02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  8 00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  43 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  5 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  72 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  130 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  1045 20:32Шавкат Мирзиёев Жанни Инфантинога “Дўстлик” орденини топширди  20 20:26Португалиялик мураббий Озарбайжон терма жамоаси бош мураббийлигидан кетди  11

Azizbek Matkarimov: "Maqsadimiz - Bag'dod tumaniga katta futbol havosini qaytarish" Yangiliklar

Azizbek Matkarimov: "Maqsadimiz - Bag'dod tumaniga katta futbol havosini qaytarish"

Avval xabar berilganidek, Bag'dod tumanining "Bag'dod" jamoasi 2025 yilgi mavsumdan Birinchi ligada ishtirok etadi.

Saytimiz muxbiri mazkur jamoa sardori Azizbek Matkarimov bilan bog'lanib, klub oldidagi maqsad va vazifalar xususida suhbatlashdi.


- Azizbek, "Bag'dod" klubi yangi mavsumdan O'zbekiston Birinchi ligasida ishtirok etadi. Jamoa oldidagi maqsad va vazifalar qanday?

- O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra o'tish o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Birinchi ligada o'ynash huquqini qo'lga kiritdik. Jamoamiz oldiga mazkur chempionatda munosib ishtirok etish, mavsum yakunida sovrindorlar qatoridan o'rin olish vazifasi qo'yilgan. Maqsadimiz - Bag'dod tumaniga katta futbol havosini qaytarish. Yoshi katta muxlislar yaxshi bilishadi, bundan bir necha yillar avval tumanimizning "Bag'dodchi" jamoasi turli chempionatlarda muvaffaqiyatli qatnashgan. Har bir o'yinda stadion muxlislar bilan to'lib toshardi. Hozirda yana o'sha jamoa kabi "Bag'dod" futbol klubi shakllandi. Tarkibning aksariyati mahalliy yosh futbolchilardan iborat.

- "Bag'dod" jamoasi tarkibida tajribali futbolchilardan kimlar bor?

- Tarkibimizda Said Abdujabborov, Jasur Abdullaev, Oqilbek Mahmudov kabi tajribali futbolchilar bor. Jamoamiz bosh murabbiyi Sobir aka Jumaev boshchiligida mahalliy yosh iqtidorli futbolchilarga o'z tajribalarimizni o'rgatib kelmoqdamiz.

- Jamoa uy o'yinlarini qaysi stadionda o'tkazadi? Shuningdek, Pro-liga yo'llanmasi uchun ham kurashasizlarmi?

- "Bag'dod" jamoasi uy o'yinlarini tumanimizdagi "Markaziy" stadionda o'tkazadi. Bilasizmi, Farg'ona viloyati 2-ligasi doirasidagi o'yinlarda ham juda ko'plab ishqibozlar stadionga kelishdi. Birinchi liga doirasidagi o'yinlarda "Markaziy" stadion muxlislar bilan to'lib toshishi aniq. Bag'dod tumanida futbolni juda yaxshi ko'rishadi.

Jamoamiz oldiga Pro-liga yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi ham qo'yilgan. Biz ushbu maqsad yo'lida astoydil harakat qilamiz.


Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика