So’nggi yangiliklar

19:07Суперлига. "Қўқон-1912" – "Машъал". Таркиблар маълум  0 19:06Суперлига. "Бухоро" - "Андижон". Таркиблар маълум  0 18:44Рабьо "Милан"га ўтмоқчи эмас  0 18:17Расман: "Реал" ҳужумкор ярим ҳимоячи трансферини эълон қилди  12 17:49"Пахтакор" стадионининг айни пайтдаги ҳолати  11 17:20Шота Арвеладзе: "Тарихда илк бор Жаҳон чемпионатига чиққан Ўзбекистон терма жамоасини табриклайман!"  2 16:55ОФК Осиё саралаш босқичи плей-оффининг мезбонларини маълум қилди  23 16:32ПСЖ президенти клуб мавсуми ҳақида ҳужжатли сериал чиқишини эълон қилди  0 16:04Ана холос! Неймар фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  5 15:36Гаттузо Италия терма жамоасида ишлашга яқин: У аллақачон Буффон билан учрашган  4 15:07Суперлига. 12-тур дисквалификациялари: "Пахтакор", "Қизилқум" ва "Шўртан"да йўқотишлар бор  0 14:44Расман: Акмал Шораҳмедов – "Андижон"нинг жисмоний тайёргарлик бўйича мураббийи  11 14:29Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоаси Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  45 14:09Фати қоладими? "Барселона" "Монако"нинг таклифини рад этди  12 13:42Дунёнинг энг қиммат футболчиларидан иборат рамзий терма жамоа тузилди  3

Luis Kachorri: "Mavsum davomida imkon qadar ko'proq gol urmoqchiman. To'xtashni xohlamayman" Yangiliklar

Luis Kachorri: "Mavsum davomida imkon qadar ko'proq gol urmoqchiman. To'xtashni xohlamayman"

Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Surxon" (3:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar hujumchisi Luis Kachorri o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Yaxshi o'yin bo'ldi, biz ham yaxshi o'ynadik. Men gol urdim, menda hammasi joyida. Qisqa qilib aytganda, o'ynadik, imkoniyatlar yaratdik, gollar urdik, bundan xursandman.

Men o'z kuchimga ishonaman va shunga yarasha harakat qilaman. Olisdan zarbalar yo'llash borasida bu safargi urinishlarim yaxshi chiqdi. Yana shunday tarzda chiroyli gollar urishga umid qilaman, chunki jarima maydonidan tashqarisidan gol urish tariflab bo'lmas darajada his-tuyg'u bag'ishlaydi.

Penalti tepish bo'yicha qarorga kelsak, murabbiy Imedani tanladi va men bu qarorni hurmat qilaman. Ehtimol, keyingi safar bu masuliyatli vazifani yana menga ishonishar. Penalti tepadigan futbolchini murabbiy belgilaydi va biz uning qaroriga hurmat bilan yondashamiz.

Mavsum davomida imkon qadar ko'proq gol urmoqchiman. Keyingi o'yindan boshlab yana gol urmoqchiman. To'xtashni xohlamayman", dedi uchrashuvda dubl qayd etgan hujumchi.

Eslatib o'tamiz, "Bunyodkor"ning albaniyalik hujumchisi uch o'yinda 4 ta gol urgan holda to'purarlar jadvalida etakchilik qilmoqda.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
29 mar 15:30:51
{ CHELSEA }
Yaxshi futbolchiga oʻxshayapti... Toʻpurar boʻladi yov...
   
29 mar 13:41:53
Odilbek Abdushukurov
Uzoqdan yaxshi teparkan darvozaga.
   
29 mar 12:42:13
=JAGUAR=
Качорри экан Кароччи деб ўқибман)))
   
29 mar 12:01:09
Sobirjonov
Omadini bersin xozircha ishonchini zor oqlayabdi Bunyodkor xam bu legioner xam Paxtakorimiz esa.......
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика