Rasman: Braziliya termasida istefo!
29 mar 02:33
Yangiliklar


Rasman: Braziliya termasida istefo!
"Braziliya futbol konfederaciyasi Dorival Junior endilikda Braziliya milliy terma jamoasiga bosh murabbiylik qilmasligini malum qiladi. Rahbariyat murabbiyga kelgusi faoliyatiga omad tilaydi. Ayni damda tashkilot milliy terma jamoa uchun murabbiy izlash ishlarini boshlab yuborgan", - deb yoziladi bayonotda.
Braziliya termasi mart oyidagi FIFA kunlarida JCH saralashi doirasida Kolumbiyani 2:1 hisobida mag'lub qildi. Keyinchalik Argentinaga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Rahbariyat ushbu mag'lubiyatga qadar ham murabbiyning ishidan qoniqish hosil qilmagan.
Braziliyalik mutaxassis 2024 yil yanvar oyida terma boshqaruvini qo'liga olgandi. Shundan buyon uning murabbiyligida terma 16 o'yinda 7tadan g'alaba va durang, shuningdek, 2 mag'lubiyat qayd etdi.
Amerika Kubogida uning jamoasi chorak finaldayoq ishtirokini yakunladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar