So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  18 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Behzod Shamsiev: "O'yin "Bunyodkor" uchun yaxshi, biz uchun yomon o'tdi" Yangiliklar

Behzod Shamsiev: "O'yin "Bunyodkor" uchun yaxshi, biz uchun yomon o'tdi"

Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Surxon" (3:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar himoyachisi Behzod Shamsiev o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yin "Bunyodkor" uchun yaxshi, biz uchun yomon o'tdi. To'g'ri, biz uchun muvaffaqiyatsiz o'yin bo'lgandir, biroq hali mavsum endi boshlanganini inobatga olsak, mushkul vaziyatdan chiqib ketishimizga ishonchim komil. 

Futbolda bazan omad kerak bo'ladi. Bizga esa omad etishmayapti. O'z xatolarimiz evaziga kutilmagan holatlarda gol o'tkazib yuboryapmiz. Qolaversa, o'z vaziyatlarimizni golga aylantirishda sustkashlikka yo'l qo'yayapmiz. To'pni nazorat qilish borasida samarali harakat qilyapmiz, ammo oldingi chiziqda zarbalar yo'llashda aniqlik etishmayapti. Hali endi uch tur ortda qoldi, shu bois xulosa chiqarishga erta, deb o'ylayman. Yana bir marta takrorlayman, men jamoamga ishonaman. Biz bunday sinovlarni engib o'tamiz. 

Albatta, mag'lubiyatlar ruhiy holatimizga salbiy tasir o'tkazmasdan qolmaydi. Ammo futbol shunisi bilan qiziq. Ruhiy tushkunlikni faqatgina birdamlik bilan engish mumkin xolos.

Shu bilan birga, o'z maydonimizga qaytishimiz, mahalliy muxlislar qarshisida to'p tepish ham qo'shimcha yordam beradi. Keyingi uchrashuvni o'z maydonimizda "Qo'qon-1912" jamoasiga qarshi o'tkazamiz. Biz muxlislarimiz qo'llab-quvvatloviga muhtojmiz, dedi Shamsiev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика