So’nggi yangiliklar

13:57Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланмоқда: Ўзбекистон кимлар билан тушади?  0 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   2 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  0 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  2 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  5 12:03Расман: "Бунёдкор" легионер ҳужумчи трансферини эълон қилди  2 11:45Муҳаммадали Усмонов: "Андижон" мухлисларининг бундай илиқ кутиб олиши бошқача қувонч ва хурсандчилик бағишлади"  1 11:22"Бу рассомни Ван Гог билан солиштиришга ўхшайди". Гвардиола Месси ва Ямаль ҳақида  4 10:54Санчо учинчи марта "Боруссия"га қайтиши мумкин  0 10:26"Пахтакор" ва "Бунёдкор" собиқ ҳужумчиси фаолиятини "Шўртан"да давом эттириши мумкин  7 09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  3 09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  5 08:34"Сурхон" ва "Андижон" ўзаро футболчи алишишди. Шунингдек, "бургутлар" "шерлар"дан футболчи ижарага олади  2

Superliga. Barcha gollarni "Navbahor" vakillari urgan o'yinda "Andijon" so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutulib qoldi Yangiliklar

Superliga. Barcha gollarni "Navbahor" vakillari urgan o'yinda "Andijon" so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutulib qoldi

Superliga 3-turidan o'rin olgan "Navbahor" – "Andijon" to'qnashuvi yakuniga etdi.

Superliga 

3-tur

"Navbahor" – "Andijon" 2:2

Namangan. "Markaziy" stadioni. 19:30

Gollar: Zabihillo O'rinboev (Saidazamat Mirsaidov) 2', Abbos G'ulomov (Shohmalik Komilov) 51' – Gilerme Gedesh avtogol 6', Benjamin Teydi avtogol 90+7'

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

Yordamchi hakamlar: Timur Gaynullin, Andrey Capenko

Zaxira hakami: Shahboz Azimov

Nazoratchi: Vladislav Ceytlin

VAR: Nikita Mustafin

AVAR: Baxtiyorxo'ja Shavkatov

Komissar: Diyor Xotamqulov

"Navbahor": 1.Umid Ergashev, 7.Azim Ahmedov (15.Javohir Abdujabborov, 62), 8.Shohmalik Komilov (4.Shahzod Toirov, 75), 9.Zabihillo O'rinboev (29.Pedro Augusto, 75), 10.Shahzod Ubaydullaev (37.Alisher Odilov, 62), 12.Saidazamat Mirsaidov, 13.Benjamin Teydi, 33.Sergey Karpovich, 36.Gilerme Gedesh, 70.Abbos G'ulomov (17.Ruslan Jiyanov, 80), 99.Igor Gabriel.

Zaxira: 16.Shukron Yo'ldoshev, 11.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 19.Mirzohid G'ofurov, 71.Navro'z Iminjonov.

"Andijon": 1.Eldor Adhamov, 4.Islom Mamatkazin, 5.Abdulvohid G'ulomov, 8.Iskandar Shayqulov ( 6.Altin Kreziu, 68), 9.Mirzad Mehanovich, 11.Islam Mashukov, 14.Abdurahmon Komilov (23.Doniyor Abdumannopov, 68), 22.Usmonali Ismonaliev, 26.Muhammadkarim Toirov (7.Rustam Turdimurodov, 85), 32.Luka Uskokovich, 71.Bektemir Abdumannonov.

Zaxira: 25.Valijon Rahimov, 2.Abubakir Ashurov, 10.Ilhom Abdug'aniev, 13.Sardor Azimov, 17.Farhod Sohibjonov, 66.Miomir Jurichkovich.

Ogohlantirishlar: Shohmalik Komilov (45+4), Saidazamat Mirsaidov (90+3).

Chetlatishlar: Mirzad Mehanovich (72), Saidazamat Mirsaidov (ikkinchi sariq, 90+6)


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+7. GOL! Islom Mamatkazinning zarbasidan keyin to'p Teydiga tegib darvoza to'ridan joy oldi. Muvozanat tiklandi! Qanday o'yin! Qanday derbi! 

90+6. Saidazamat Mirsaidovga ikkinchi sariq berilib, qizil kartochka bilan jazolandi. Zaxira o'rindig'idan yana kimdir sariq kartochka oldi. Hozircha bu bizga ham mavhum.

90+3. Saidazamat Mirsaidov qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi. 

90. Ikkinchi taymga 10 daqiqa qo'shildi.

85. "Andijon"da almashtirish: Toirov o'rniga Turdimurodov tushirildi.

84. Zarbaaa! Odilovning erlatib yo'llagan zarbasini Adhamov ushlab oldi. 

82. "Andijon"da o'zgarish: Abdumannonov o'rniga Sohibjonov maydonga tushdi.

80. "Navbahor"da almashtirish: G'ulomov o'rniga Jiyanov uchrashuvni davom ettiradigan bo'ldi. 

75. "Navbahor"da 2 ta o'zgarish: Komilov o'rniga Toirov, O'rinboev o'rniga Pedro bahsga qo'shildi.

72. Uuux! Ilgiz Tantashev VAR monitori orqali Mehanovich Komilovga nisbatan qoidabuzarlik qilgan deb topdi va qizil kartochka ko'rsatdi.

70. Zarbaaa! Shohmalik Komilov maydon markazidan darvozani ishg'ol qilishga harakat qilib ko'rdi, sal noaniq. 

68. "Andijon"da 2 ta almashtirish: Komilov o'rniga Abdumannopov, Shayqulov o'rniga Kreziu tushdi.

66. Shohmalik Komilovning jarimadan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p himoyachining qo'liga tekkan bo'lishi mumkin. "Navbahor" tomoni etirox bildirmoqda. VAR ham vaziyatni ko'rib chiqdi, davom etamiz. 

62. "Navbahor"da 2 ta o'zgarish: Ahmedov o'rniga Abdujabborov, Ubaydullaev o'rniga Odilov bahsni davom ettiradi. 

59. "Navbahor"dan keskin hujum. To'p uchun kurash chog'ida Teydi jabrlandi. Undan oldin esa legioner futbolchi o'z zarbasi orqali Eldor Adhamovni sinovdan o'tkazib oldi. 

56. "Navbahor" muxlislari: "Andijon"ni yutamiz" degan hayqiriq bilan stadionni junbushga keltirmoqda. 

51. GOL! Shohmalik Komilovning bosh bilan bergan pasidan so'ng Abbos G'ulomov pastki burchakni aniq nishonga oldi – 2:1!

48. Zarbaaa! "Andijon"dan yaxshi hujum. Yakunda Mashukov tribuna tomon zarba berdi, to'p darvoza to'sinining ancha tepasidan o'tib ketdi. 

46. Zarbaa! Komilovning chap oyoqda yo'llagan zarbasi sal noaniq ketdi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus! 

45+4. Maydonda biroz tortishuv yuzaga keldi. Hakam Komilovga sariq berdi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

44. Tibbiy yordamga muhtojlik navbati Ahmedovda. U shifokorlar bilan maydonni tark etgan bo'lsa-da, hozir maydonga qaytadi. 

42. Azim Ahmedov o'ziga xos fint va ajoyib uzatma muallifiga aylandi, sherigi so'nggi pallada himoyachi qarshiligiga uchradi. 

39. "Andijon" azosi Abdulvohid G'ulomovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Futbolchida hammasi joyida va u maydonga qaytadi. 

37. Jamoalar navbati bilan hujumga o'tishmoqda. Muhimi, o'yin tempi yuqori, bu esa ishqibozlarga xush keladi. 

35. Uuuux! Gedeshning fint orqali tovoni bilan bergan zarbasi sal noaniq ketdi. Avtogolni "yuvardi" lekin.

35. Teydining havolatib amalga oshirgan uzatmasi himoyachiga tegib qoldi, navbatdagi korner.

34. Zarbaa! Karpovichning zarbasi yo'liga Islom Mamatkazin to'g'anoq bo'ldi, burchak zarbasi. 

32. Abbos G'ulomov qo'pollik ishlatgani uchun hakam tomonidan og'zaki ogohlantirildi. 

29. "Andijon" asosan chap qanotni – Bektemir Abdumannonovni ishga solib, hujumga o'tmoqda. 

24. Islam Mashukovga tibbiy yordam zarurligi uchun hakam o'yinni to'xtatdi. 

19. Maydonda derbiga xos bo'lgan xatti-harakatlar boshlanib ketdi. 

15. Har ikki jamoa muxlislari avjida! Stadionda ajoyib performans hukmron. 

10. O'yin ancha-muncha qizg'in tus oldi... Hatto klaviaturalarimiz ham ulgurmayapti.

6. Avtogol! Hisob tenglashdi! Islam Mashukovning uzatmasidan keyin Gedesh to'pni darvozaga kiritib qo'ydi...

4. "Andijon" hujum qila boshladi va o'z imkoniyatini qidirmoqda. 

2. GOL! "Navbahor"dan tezkor gol! Katta sahnada Zabihillo O'rinboev! Mirsaidovning uzatmasidan so'ng bosh bilan to'p kiritib, hujumchi hisobni ochdi! 

1. Uchrashuv boshlandi!

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика