So’nggi yangiliklar

18:05Суперлига. "Хоразм" — "Қўқон-1912" 0:0 (матнли трансляция)  3 17:42"Хоффенхайм" — "Бавария". Таркиблар маълум  0 17:08Футзал. Ўзбекистон Фаластинни тор-мор этди  10 16:41Рубен Санчес: "Мухлисларимизни яна бир бор ранжитишга ҳаққимиз йўқ эди"  0 16:02Тимур Кападзе Хитой мураббийи бўлиши ҳақидаги саволга аниқ жавоб берди  40 15:18"Ливерпуль" — "Эвертон". Мерсисайд дербиси учун таркиблар маълум  9 14:12"Шўртан" ва "Пахтакор" ўртасида нурсиз дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:45ОКМК "Бунёдкор"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:40Тез орада Хитой бош мураббийи эълон қилинади, якуний уч номзод орасида Кападзе бор  38 12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  13 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  4 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0 10:47АПЛнинг учта жамоасига "Реал" футболчиси керак  13 10:20Неймар яна жароҳат олди  6 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  2

Abdumavlon Abdujalilov: "G'alaba chiroyli ko'rinadi, lekin uning zamirida yotgan mehnat mashaqqatli hisoblanadi" Yangiliklar

Abdumavlon Abdujalilov: "G'alaba chiroyli ko'rinadi, lekin uning zamirida yotgan mehnat mashaqqatli hisoblanadi"

Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Surxon" (3:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Qiyin o'yin bo'lishini bilgandik. Qolaversa, o'z maydonimizda to'p tepayotganimiz uchun qimmatli ochkolarni qo'lga kiritishimiz muhim edi. "Surxon"ning hozirgi ishlari yaxshi bo'lmasa-da, boshqa jamoalarda bo'lgani singari ularning ham o'z maqsadlari bo'lishi tabiiy hol edi. Bugungi g'alabani mavsum avvalidagi yig'inlarimiz mevasi deb aytishimiz mumkin. Eng muhimi, chiroyli futbol namoyish etgan holda g'alaba qozondik. 

G'alaba chiroyli ko'rinadi, lekin uning zamirida yotgan mehnat mashaqqatlidir. Muvaffaqiyat bir yoki ikki odamning ishi emas, balki jamoaviy puxta tayyorgarlik mahsulidir.

Jamoaning asosiy tarkibida maydonga tushishi mumkin bo'lgan futbolchilar soni 11 nafardan ko'p. Hatto murabbiyning o'zi ham buni bot-bot takidlaydi. Futbolchilar ko'p bo'lgani uchun barchaga imkoniyat berilyapti. Darvoza yoki boshqa chiziqda kimni maydonga tushirish-tushirmaslik murabbiyning tanlovidir. Zaxiradan maydonga tushayotganlar ham o'yinni kuchaytirmoqda. 

Bevosita stadiondan qo'llab-quvvatlayotgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Ular har doim biz bilan birga bo'lishgan, birga bo'lishsin. Biz ham g'alabalar bilan ularni xursand qilishga harakat qilamiz", dedi Abdujalilov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика