Zlatanning gollari Piolini hayron qoldirmadi
07 fev 2021 23:00
Yangiliklar


Zlatanning gollari Piolini hayron qoldirmadi
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli "Krotone"ga qarshi o'yinda dubl qayd etgan Zlatan Ibragimovich haqida gapirdi.
"Ibraning mashg'ulotlarini kuzatganim tufayli uning gollaridan hayratlanmayman. CHunki u chempion. Zlatanning hozirgi holatini saqlab qolish juda qiyin. Sababi shundaki, u yaxshi formada bo'lganida deyarli har doim ikkitadan gol uradi", — dedi italiyalik mutaxassis "Football Italia" nashriga.
Eslatib o'tamiz, 39 yoshli shveciyalik hujumchi A Seriyaning joriy mavsumida 11 uchrashuv o'tkazib, 14 ta golga mualliflik qilishni uddaladi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar