"Fenerbaxche" Shkrinyarning to'liq transferi ustida ishlamoqda
01 iyu 21:55
Yangiliklar
"Fenerbaxche" yanvardan beri turk jamoasida ijara asosida o'ynayotgan "Pari Sen-Jermen" himoyachisi Milan Shkrinyarning transfer huquqini sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda insayder Fabricio Romano malum qildi.
Manbaning takidlashicha, turk jamoasi ushbu transfer ustida jiddiy ishlamoqda va uning muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishonch bildirmoqda.
O'tgan mavsumda futbolchi 23 ta o'yinda 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi. "Fenerbaxche" 2024/2025-yilgi mavsum yakuniga ko'ra Turkiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egalladi, mamlakat kubogining chorak finaligacha etib bordi va Evropa Ligasida 1/8 final bosqichida to'xtadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar