A Seriya. "Roma" va "Milan" o'rtasidagi bahsda g'olib aniqlanmadi
26 jan 04:00
Yangiliklar
A Seriya. "Roma" va "Milan" o'rtasidagi bahsda g'olib aniqlanmadi
Italiya A Seriyasining 22-turi doirasida Rimning "Roma" hamda "Milan" jamoalari o'rtasidagi markaziy uchrashuv yakunlandi.
"Olimpiko" stadionida kechgan bahsda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishdi.
Uchrashuvda hisob ikkinchi bo'limda ochildi. 62-daqiqada mehmonlar himoyachisi Koni de Vinter "Milan"ni oldinga olib chiqdi. Biroq 74-daqiqaga kelib, rimliklar sardori Lorenco Pellegrini penaltini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi. Qolgan vaqt ichida har ikki tomon vaziyatlarga ega bo'lishiga qaramay, darvozalar boshqa ishg'ol qilinmadi.
Ushbu natijadan so'ng "Milan" 47 ochko bilan turnir jadvalida 2-o'rinni saqlab qoldi. "Roma" esa 43 ochko bilan 4-pog'onada bormoqda.
Navbatdagi turda rimliklar 2 fevral kuni safarda "Udineze" mehmoni bo'lishadi. "Milan" esa bir kun o'tib "Bolonya" bilan kuch sinashadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди (тўлиқ тақвим)
Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar