MYU "Milan" yarim himoyachisini ijaraga olmoqchi
22 jan 14:22
Yangiliklar
MYU "Milan" yarim himoyachisini ijaraga olmoqchi
"TalkSPORT" malumotlariga qaraganda, "Manchester Yunayted" "Milan" yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chikka qiziqish bildirmoqda. Angliya klubi joriy transfer oynasida 29 yoshli futbolchini ijaraga olish imkoniyatini o'rganmoqda. Bu kelasi mavsum Chempionlar Ligasiga yo'l olish imkoniyatlarini oshirish maqsadida qilinmoqda.
Xabar qilinishicha, qiziqish hozircha o'rganish bosqichida, shuningdek, "Aston Villa" ham Loftus-Chikka qiziqmoqda. Yarim himoyachi joriy mavsum A Seriyada 19 o'yin o'tkazdi va o'zi ham Angliyaga qaytishni istamoqda.

Loftus-Chikdan tashqari, "qizil iblislar" yarim himoya uchun yana boshqa nomzodlarni ham ko'rib chiqmoqda.
Qayd etish joiz, angliyalik futbolchi "Chelsi" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "nafaqaxo'rlar" safida o'ynagan, shuningdek, "Fulxem"da ham to'p tepgan va keyinchalik "Milan"ga o'tgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar