Martin Edegor: "APLda hech qachon oson bo'lmaydi"
26 jan 15:49
Yangiliklar
Martin Edegor: "APLda hech qachon oson bo'lmaydi"
"Biz etarlicha yaxshi o'ynamadik, vaziyatni tahlil qilish uchun vaqt kerak. Yaxshiroq o'ynashimiz shart edi, ammo hozir birlashib, ishni davom ettiramiz.
Birinchi bo'limda ustunlik qildik, gol urdik va o'yinni nazorat qildik, biroq ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. Hisobni 2:2ga tenglashtirishga erishdik, lekin MYU darhol javob golini urdi. APLda hech qachon oson bo'lmaydi, buni bilamiz. O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik, yaxshi boshladik, ammo ikkinchi bo'limda ko'p narsa o'zgardi.
Albatta, o'yinimiz yaxshiroq bo'lishi mumkin edi va bu mag'lubiyatdan xulosa chiqarishimiz lozim. Har bir o'yin — katta sinov, bu futbolning bir qismi. Biz hali ham jadval tepasidamiz, shuning uchun oldinga intilishni va g'alabalar yo'liga qaytishni davom ettirishimiz shart, bu yagona dori", – dedi Edegor.
Malumot uchun, "Manchester Yunayted" 38 ochko to'plab, APL jadvalida 4-o'ringa ko'tarildi. "Arsenal" esa 50 ochko bilan 1-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
Андижон вилояти ҳокими: "Андижон” бу йили энг камида учталикка киради"
Fikrlar