APL klublari Manega davogarlik qilmoqda
23 fev 16:31
Yangiliklar
APL klublari Manega davogarlik qilmoqda
Yozgi transfer oynasi "Vulverxempton"ning 18 yoshli vunderkindi Mateush Mane bilan bog'liq hikoya sabab yanada qiziq bo'lishi kutilmoqda.
Premer-liganing uchta grandi – "Liverpul", "Manchester Yunayted" va "Arsenal" yosh vingerga jiddiy qiziqish bildirmoqda, ammo hozircha ustunlik mersisaydliklar tomonida.
"Caught Offside" malumotlariga qaraganda, "Liverpul" raqiblaridan o'zib ketgan. "Qizillar" allaqachon o'yinchining vakillari bilan dastlabki muzokaralar o'tkazgan va bu muzokaralar ijobiy tus olgan.
Bundan tashqari, "Liverpul" harakatlarini yanada faollashtirishga tayyor va yozgi transfer oynasida rasmiy taklif berish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Biroq bu transfer hali yakunlanishdan ancha uzoq. "Vulverxempton" tarbiyalanuvchisini taxminan 50 mln funt sterlingga baholamoqda. Agar klub shu narxda turib olsa, "Liverpul" bu summani to'lashga rozi bo'lmaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
"Реал" Винисиусга нисбатан ирқчилик ҳақоратлари иши бўйича УЕФАга далилларни топширди
Fikrlar