APL. Kerrikning mag'lubiyatsiz seriyasi davom etadi: "Manchester Yunayted" mehmonda "Everton"ni mag'lub etdi
24 fev 02:55
Yangiliklar
APL. Kerrikning mag'lubiyatsiz seriyasi davom etadi: "Manchester Yunayted" mehmonda "Everton"ni mag'lub etdi
APL. "Everton" — "Manchester Yunayted" 0:1
Gollar: 71 - Benyamin Sheshko
"Everton": 1. Jordan Pikford, 6. Jeyms Tarkovski, 32. Jerred Brentueyt, 5. Maykl Kin, 37. Jeyms Garner, 27. Idrissa Geye, 22. Kirnan Dyusberi-Xoll, 42. Tim Ayrogbunam (9. Betu, 79'), 45. Xarrison Armstrong (19. Tayrik Jorj, 73'), 10. Iliman Ndiaye, 11. Terno Barri.
Zaxira: 31. Tom King, 2. Neytan Patterson, 16. Vitaliy Mikolenko, 23. Sheymus Koulman, 34. Merlin Ryol, 7. Duayt Maknil, 20. Tayler Dibling.
"Manchester Yunayted": 31. Senne Lammens, 2. Diogu Dalo, 5. Garri Maguayr, 23. Lyuk Shou, 15. Leni Yoro, 37. Kobbi Maynu, 18. Kazemiro, 8. Brunu Fernandesh, 16. Amad Diallo (30. Benyamin Sheshko, 58'), 19. Brayan Mbemo (3. Nussayr Mazraui, 78'), 10. Mateus Kunya (26. Eyden Xeven, 90+5').
Zaxira: 1. Altay Bayindir, 12. Tirell Malasia, 25. Manuel Ugarte, 39. Tayler Fletcher, 48. Djek Murxaus, 11. Joshua Zirkzee.
Ogohlantirishlar: 77 - Jordan Pikford, 83 - Jeyms Tarkovski, 84 - Garri Maguayr, 90+2 - Nussayr Mazraui, 90+5 - Brunu Fernandesh
90+6. O'yin yakunlandi!
90+3. Qarshi hujum "Everton"dan. Darvoza tomon berilgan zarbani Lammens qaytardi.
90+3. Yana Sheshko qariyb birga-bir vaziyatga chiqdi, lekin Pikford aldab o'tmoqchi bo'lganida adashdi.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.
90. Dalot bir himoyachini aldab o'tib darvozaga zarba berdi, yana rekoshet.
83. "Everton" sakkizinchi burchak zarbasini amalga oshiradi. MYU hali birorta ham burchakdan to'p uzatmadi.
82. Zarba! Kinning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasini Lammens arang qayttarib yubordi...
81. Mezbonlar qanotlardan qator hujumlar uyushtiryapti, lekin bu samara bermayapti.
72. Buyog'iga "Everton" qanday javob berarkin endi? Kuzatamiz.

71. GOL! Sheshko hisobni ochdi! Kunyaning ajoyib uzatmasi Mbemoni oldinga boshladi, u bitta himoyachini aldab to'pni qulay vaziyatdagi Sheshkoga uzatdi, Benyamin esa bitta zarba bilan gol urdi!
70. Tarkovskining havolatib uzatgan to'pini Lammens ishonch bilan ushlab oldi.
66. Kunya katta tezlikda qarshi hujumga qochib ketdi, pas berishga kelganda yiqilib tushib, to'pni yo'qotdi.
65. Yana bir zarba Geyedan - yana MYU futbolchilari qaytarib yuborishmoqda.
64. Dyusberi-Xollning bergan zarbasi rekoshetga uchrab, maydonni tark etdi. Burchak zarbasi mezbonlar foydasiga.
63. Geyening tepgan to'pi MYU vakillaridan biriga tegib qaytdi.
58. Kerrik o'zgarishlarni boshlab yubordi, Moyez hali shoshmayapti.
55. Mbemoning bosh bilan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.
53. Dyusberi-Xoll oldinga yurish qildi, ammo to'pni osonlikcha yo'qotdi.
51. Xavfli vaziyat! Mbemo o'ziga uzatib berilgan to'pni darvozaga yo'lladi, biroq noaniq. Vaholanki hujumchi darvozaga 3-4 metr masofada edi...
46. Mezbonlar tezkor hujum bilan boshlashdi bo'limni. Xarrison Armstrongning erlatib bergan zarbasini Lammens ushlab oldi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
Uchrashuvning dastlabki bo'limi statistikasi:
To'p nazorati - 38% - 62%
Darvoza tomon zarbalar - 2 - 7
Aniq zarbalar - 1 - 2
Burchak zarbalari - 1 - 0
Uzatmalar aniqligi - 73% - 83%
45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi.
45+1. Amadning uzatgan to'pini Fernandesh darvoza tomon yo'lladi, ammo noaniq bo'ldi. Brunu bosh hakamga to'p rekoshetga uchraganini tushuntirmoqda, lekin uning fikri inobatga olinmadi.
45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
43. "Everton" bo'lim so'nggida qator vaziyatlarni yaratyapti. Hozircha ulardan naf chiqmayapti.
39. Jeyms Garner jarima zarbasidan darvoza tomon zarba berdi, Lammens uni ushlab oldi.
36. Mbemoning erlatib bergan zarbasi noaniq bo'ldi.
31. Brununing jarima zarbasidan uzatgan to'pini darvozaga aniq yo'llaydigan futbolchi topilmadi.

28. MYUning hujumi yakuniga etmay tugamoqda. Natijada "Everton" qarshi hujumga o'tmoqda, biroq himoyachilar yaxshi harakat qilib, to'pni yana markazga qaytarib qo'ydi.
20. Manchesterliklar chiroyli kombinaciya uyushtirmoqda. Brununing uzatmasi aniq bo'ldi, ammo darvozaga yakuniy zarba yo'llanmadi.
17. Bahs asosan maydon markazida kechmoqda. Jamoalar to'pni ko'p yo'qotmoqda. To'p nazorati bo'yicha ustunlik mehmonlarda – 33% – 67%.
12. O'yinda xavfli vaziyatlar bo'lmayotgan vaqtda qiziq fakt - jamoalar 2025 yilda turli musobaqalarda uch marta to'qnash kelgan, natijalar shunday:
22.02.2025 – Everton 2:2 MYU
04.08.2025 – MYU 2:2 Everton
25.11.2025 – MYU 0:1 Everton
9. Dalot o'ng qanotdan kuchli tarzda to'pni markazga uzatdi, Pikford qaytarib yubordi.
8. Kazemiro to'pni havolatib oldinga uzatib berdi, biroq Mbemo etib borolmadi.
4. Dastlabki xavfli vaziyatdan MYUdan. Bruno boshlab bergan hujumdan so'ng manchesterliklarning qator vakillari darvozaga zarba berdi, ammo to'pni mezbon vakillarini qaytarishdi.
1. O'yin boshlandi!
- Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni APLning 27-turi doirasidagi bahsning matnli translyaciyasida g'oyibona ko'rishdan mamnunmiz!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
Андижон вилояти ҳокими: "Андижон” бу йили энг камида учталикка киради"
Fikrlar
Сульшер - 5,
Йорк - 30,
Батт - 79,
Саха - 85,
Бекхэм - 90.
jamodan bittasi bolsa kk lekin ishlari oʻxshamayotganiga xayronman transferlar un yetarlicha mablagʻ zaxirasi bolsa chempionlikga kurashish oʻrniga yevro chlga yolanma berish oʻrinlar un kurashib yurgani xayron qoldiradi myuni raxbarlariga kayif berayabdikuya bu axvolida xam ancha foyda korayabdi lekin muxlislarini ancha kutirib qoyayabdi yirik chempionliklarni kopini korgan muxlislari ancha kutib qoldi kotta sovrinlarni shu ketishda davom etsa keyingi mavsum xamma kubokga xarakatni boshlasa kk xa davay omadinj bersin bizga kuchli jamolar kop juda kop kk qaytayotganga oʻxshayabdi Myu oldingi qudratiga.