Zlatan Ibragimovich: "Golsiz seriya borasida havotir olmadim. Gollar bo'lishini bilardim"
07 noy 2016 10:45
Yangiliklar
Zlatan Ibragimovich: "Golsiz seriya borasida havotir olmadim. Gollar bo'lishini bilardim"
"Bilasizmi? 15 yillik faoliyatim davomida ko'p gol urganman va buni davom ettiraman. Bu qanday ishlashini bilaman. Vaziyatlar yaratishda, raqib jarima maydonchasida o'ynashda davom etsang gollar bo'ladi, shu sababli havotirlanganim yo'q edi. Asosiysi jamoa g'alaba qozonishidir. Bu ishonch bag'ishlaydi.
Gol urishni istagan edim, bu sir emas. Gol urishni xohladim, chunki men jamoaga shunday yordam beraman. Jamoadoshlarimga vaziyatlar yaratib, ular gol urishini istayman. Buni bajarishda davom etarkanman, havotirlanmayman. Ha, so'nggi uchrashuvlarda buni uddalay olmayotgandim, ammo vaziyatlar bo'ladi. So'nggi bahslarda biroz omadim kelmadi, ammo ishlashda davom etish lozim.
Faoliyatimda 400 ta gol? Bu yoqimli rekord, biroq doimo o'ylaydigan narsa emas. Ko'proq gol urishga etibor qaratganman. Bazilarning o'tkazgan uchrashuvlari gollarim soniga teng emas, shu sababli xursandman" - deydi Ibragimovich.
Fikrlar