JCH-2010ning eng yaxshi futbolchisi Forlan: "Ispaniyada "Atletiko" ramzini hech qachon o'pmaganim uchun tanqid qilishardi"
27 dek 15:27
Yangiliklar
JCH-2010ning eng yaxshi futbolchisi Forlan: "Ispaniyada "Atletiko" ramzini hech qachon o'pmaganim uchun tanqid qilishardi"
Evropaning qator mashhur klublari safida to'p tepgan sobiq hujumchi Diego Forlan Ispaniyada o'ynab yurgan paytlarini yodga oldi.
"Ispaniyada doimo "Atletiko" ramzini o'pmaganim uchun tanqid qilishardi. Lekin, men hamisha ota-onamdan o'rnak olishga urinardim.
Men u jamoaning muxlisi bo'lmaganman va u erda katta bo'lmaganman. Ota-onam menga ramzlarni hurmat qilishni o'rgatishgan. Mening ramzlarni hurmat qilish uslubim soxtalik va oshkoralikka emas, hamisha professional bo'lib qolishga qaratilgan.
Men faqatgina "Penyarol" klubi va Urugvay terma jamoasi ramzlarini o'pishim mumkin. CHunki, men o'sha erda tug'ilganman, katta bo'lganman va ularga muxlislik qilaman".
Fikrlar