Qiz farzandi dunyoga kelgani sabab o'yinning 1-bo'limini o'tkazib yuborgan va 2-bo'limga etib borib xet-trik qayd etgan futbolchi haqida bilarmidingiz?!
		
		27 dek 2024 11:51
        Yangiliklar	
	 
				 
				Qiz farzandi dunyoga kelgani sabab o'yinning 1-bo'limini o'tkazib yuborgan va 2-bo'limga etib borib xet-trik qayd etgan futbolchi haqida bilarmidingiz?!
2013 yil "Red Bull Zalcburg" to'purari Jonatan Soriano uchun esda qolarli bo'lgan.
Gap shundaki, navbatdagi shanbada "Red Bull"ning "Volfsberger" jamoasiga qarshi o'yini bor edi. SHu kuni jamoa hujumchisi Jonatan Sorianoning ayoli Kristina Sabater uchinchi farzandni dunyoga keltirdi. Yangi tug'ilgan qizaloqqa keyinchalik Abril deya ism qo'yishgan.
Jonatan esa qizalog'ining tug'ilishi sabab "Volfsberger"ga qarshi bellashuvning 1-bo'limiga ulgurmaydi. Ammo, u 2-bo'limga etib boradi va zaxiradan maydonga tushadi. Birinchi bo'limdan keyin uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etilayotgan edi. Quvonchi ichiga sig'mayotgan ota esa zaxiradan tushib raqib darvozasini 3 bor aniq nishonga oladi va jamoasi 6:2 hisobida g'alaba qozonadi.
Keyinchalik u shunday degan: "Bu men uchun unutilmas kun. Maydonga tushib futbol o'ynash imkoni va uchta gol... Buni yaqin orada unutmasam kerak".

O’xshash yangiliklar
 championat.asia
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	 
             "Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
                    "Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
                    Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
                    Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
                    Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Fikrlar