So’nggi yangiliklar

13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  0 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  5 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37

Olmaliqdagi "OKMK sport majmuasi" hududida yangi tabiiy maydon qurilmoqda Yangiliklar

Olmaliqdagi "OKMK sport majmuasi" hududida yangi tabiiy maydon qurilmoqda

OKMK klubi yana bir yangilikni elon qildi.

Olmaliqdagi "OKMK sport majmuasi" hududida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar doirasida yangi sport inshootlari qurilishi va rekonstrukciya ishlari davom etmoqda. SHu yilning oktyabr oyida ushbu majmua stadionining yon qismidagi suniy maydon to'liq qayta rekonstrukciya qilinib, zamonaviy talablarga javob beradigan darajada yangilandi. Bu ishlar natijasida maydon Turkiyaning "Hatko" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, "FIFA Quality" sertifikatiga ega bo'lgan 105x68 o'lchamdagi yangi suniy qoplamali maysa bilan jihozlandi va foydalanishga topshirildi.

Bugungi kunda esa "OKMK sport majmuasi" hududida tabiiy maydon barpo etish ishlari boshlab yuborilgan. Ushbu yangi tabiiy maydonni qurish bo'yicha olib borilayotgan ishlar yuqori darajadagi texnologiyalar va tajribadan foydalanishni talab etmoqda. Loyiha doirasida tabiiy maysani barpo etish uchun maxsus uskunalar jalb qilinib, ishlar qizg'in davom etmoqda.

Kecha, 26 dekabr kuni "OKMK sport majmuasi"ga tashrif buyurgan O'zbekiston futbol associaciyasi (O'FA) bosh kotibi Avaz Maksumov hamda O'zbekiston professional futbol ligasi (O'zPFL) bosh direktori Diyor Imomxo'jaev mazkur jarayon bilan yaqindan tanishdi. SHuningdek, OKMK futbol klubi bosh direktori Bahodir Mirzaev tomonidan loyiha taqdimoti o'tkazildi. Taqdimot davomida yangi tabiiy maydonning texnik xususiyatlari, qurilish jarayoni va kutilayotgan natijalar haqida batafsil malumot berildi.


Tabiiy maydon qurilishi yakunlanganidan so'ng, "OKMK sport majmuasi" hududi mamlakatimizda zamonaviy futbol standartlariga javob beradigan sport inshootlari qatoriga kiradi. Bu nafaqat mahalliy futbolchilar, balki xalqaro darajadagi sport musobaqalarini o'tkazish uchun ham qulay imkoniyatlar yaratadi. Mazkur loyiha, shubhasiz, sport rivojiga ulkan hissa qo'shadi va yosh avlodni sportga jalb etishda muhim omil bo'ladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика