So’nggi yangiliklar

22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  0 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  58 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  9 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0

Bekobodni katta futbolsiz qoldirmang Yangiliklar

Bekobodni katta futbolsiz qoldirmang

Teglar :  Metallurg
Bekoboddan futbolning yo'qolishi endi peshonada bori, taqdirga yozilganida deyishingiz mumkin.

Lekin bunda jamiyki tiriklikdagi mavjudotlar ichida eng onglisi, tafakkurlisi insonning sira aybi yo'g'a? Qiziq. Zero bir necha yil oldin akademiyani yo'lga qo'ygan ham, endi esa klubni yo'q qilayotgan ham inson tomonidan amalga oshirildi. 

Jamoa so'nggi 27 yilda bunchalik hor bo'lmagandi

Bekobod jamoasi 1998 yildan buyon uzluksiz Superligada o'ynab kelayotgan ekan. Bu vaqt ichida jamoaning eng yomon natijasi 2007 yil qayd etilgan bo'lib, 16 ta jamoa orasida mavsumni 15-o'rinda tugatgan va Superligada o'rnini saqlab qolgandi. Yani jamoa 26 yil ichida biror marotaba bunday holatga tushmagan, Superligada muntazam ishtirok etib kelgan. Bu vaqt ichida jamoani eng uzoq boshqargan mutaxassis Rustam Mirsodiqov va Andrey SHipilov bo'ldi. Mayli, klub strukturasida, rahbariyatda o'zgarish qilish, yanada kuchliroq kadrlar olib kelish mumkin edi lekin butunlay yo'q qilib yuborish emas. Boshqa jamoalar pullarni ko'klarga sovurayotgan bir pallada "Metallurg" bir necha yil oldin xomiylarning ko'magida akademiya, o'zi uchun baza qurib olgandi. Bu payt ichida jamoa yulduzlarni olib kelmadi, faqat asosiy jamoaga pulni sarflamadi. Balki infratuzilmani yo'lga qo'yib oldi. Bu Toshkent viloyatidagi yagona zamonaviy va bugungi kun talablariga mos akademiya, baza hisoblanardi. Mazkur davrda asosiy jamoa yuqori o'rinlarda yurmadi. Sovrindorlar qatoriga kirmadi. Lekin to'g'ri ishni bajardi. Bazida klubga bahoni faqat asosiy jamoaga qarab baho berish noto'g'ri hisoblanadi.

Superligada o'z kuchi bilan qoldi

Bir paytlar ayrim jamoalar qulog'idan tortib olib chiqib qo'yilgan yoki javob bermaydi deb tushirib yuborilgan holatlarga duch kelganmiz. Sport principlariga kulib qo'ygan holda Superligaga istagan jamoani jalb qilishganini ham ko'rganmiz. "Metallurg" esa barchasini to'g'ri bajardi. Oxirigacha kurashdi, sport principlari asosida o'z kuchi bilan elitada o'rnini saqlab qoldi. Dastlabki tashlangan qadam Kolosovskiy boshchiligidagi murabbiylar shtabining ketgani bo'lsa, ikkinchisi mahalliy mutaxassis Ilyos Qurbonovning oxirgi o'yinlarda jamoani qayta uyg'ota olgani va uchinchisi futbolchilarda keyingi yil Superligada o'ynashga bo'lgan ishonch. Ammo chuchvarani xom sanabman deganlar haq bo'lib chiqdi.

To'g'ri yo'lga kirayotgan klubni "chopishdi" 

Yuqorida aytganimizdek akademiya mahsuli sekin-asta samara berishni boshlayotgandi. Klubning U-19 jamoasi 2023 yilni SHuhrat Yo'ldoshev boshchiligida chempion sifatida yakunlagan bo'lsa, 2020 yil karantin sharoitida o'rinbosarlari chempionlikni qo'lga kiritdi. Qolgan yosh toifasidagi jamoalar ham keyingi 5 yillik uchun zaxira sifatida etilib borayotgandi. Mayli futbolchi boshqa jamoaga o'tib ketadi. Lekin akademiyada, klubda ishlayotgan personallarchi? Qishning sovug'ida qaerga boradi? Qolgan yosh toifalaridagi jamoalarning taqdirichi? Qachongacha Bekoboddagi yigitlar o'zida emas boshqa jamoalardan qo'nim topadi? Bitta daraxtni ko'kartirish oson emas. Unga ham suv, o'g'it va boshqa minerallarni berib turish kerak. Buning uchun mana shu narsalarni tushunadigan ega zarur. Agar u tushunmasa mag'zava suvni ham to'kaveradi. Yakunda o'sha nihol quriydi.

Bekobod osmonida qayta porlagan yulduz Zabihillo O'rinboev

SHunday futbolchilar bo'ladiki bitta jamoa aynan uning uslubiga, o'ziga qolipdek mos tushadi. O'zini ko'rsatishi oson kechadi. Zabihillo O'rinboev uchun "Metallurg" ayni biz aytgan vazifani bajardi. Bu yil ikkinchi davrada safga qaytgan futbolchi 11 ta o'yinda qatnashdi 1 ta gol urdi va pley-off uchrashuvida ham darvozani ishg'ol qildi. Qisqasi qayta kashf qilindi. 

2023 yil. 23ta o'yin 7ta gol

2022 yil. 25ta o'yin 3ta gol

2021 yil. 22ta o'yin 1ta gol

2020 yil. 23ta o'yin 3ta gol

2018 yil. 18ta o'yin 2ta gol

Bekobodga katta futbol kerak emasmi yoxud futbolimiz rahbarlarning qo'lida 

Bizning mentalitet shundayki qaysi xududda rahbar, hokim, zavod egasi futbolga qiziqsagina o'sha erda futbol bo'ladi. Nuriddin Zaynievdan so'ng "Nasaf" ancha qiynaldi. Lekin vaqtida qilib olgan poydevori sabab barqaror yurdi. Tolibjon Qosimov aytganidek Bekobodda futboldan boshqa ovunchoq, kayfiyat manbai yo'q. SHunday ekan Bekobodni futbolsiz qoldirmang. Balki endi shahardagi katta stadionda Superliga bo'lmas, balki o'rnini turli tomoshalar, shoular egallar. Lekin bundan futbol, muxlis yutmaydi.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика