Superliga tarixida qaysi jamoa chempionlik o'yinlarida ko'proq "qurbon" bo'lgan?
23 noy 17:20
Yangiliklar
Superliga tarixida qaysi jamoa chempionlik o'yinlarida ko'proq "qurbon" bo'lgan?
O'zbekiston Superligasining 2025 yilgi mavsumi yakunlandi. Farg'onaning "Neftchi" klubi 29-turda Navoiyning "Qizilqum" jamoasini mag'lub etib, muddatidan ilgari chempionlikni qo'lga kiritdi.
Shu munosabat bilan, Superliga tarixidagi g'oliblar so'nggi turga qolgan yoki muddatidan avval hal qilgan chempionlik o'yinlarida raqib bo'lgan jamoalar o'rganildi.
Unga ko'ra, "Buxoro" 6 mavsum davomida raqib jamoaning chempionlik o'yinida ishtirok etgan. "Metallurg" va "Dinamo" jamoalarida esa bu ko'rsatkich to'rttani tashkil etadi.
Izoh: 1992 yil ikkita jamoa g'olib deb elon qilingani sababli, ushbu jamoalarning hal qiluvchi turdagi raqiblari inobatga olinmagan. Shuningdek, avvalgi yillarda bazi chempionlik o'yinlari qoldirilgan turlarga to'g'ri kelgan bo'lishi, bu esa ko'rsatkichlarning biroz o'zgarishiga sabab bo'lishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига-2025. "Нефтчи" — Ўзбекистоннинг олти карра чемпиони!
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
ФИФА Роналду мухлисларининг танқидлари ортидан Жаҳон чемпионати постерини ўчириб ташлади
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar