Bir yil avval saraton bilan kurashgan futbolchi Tojikistonda yil futbolchisi bo'ldi
27 dek 09:47
Yangiliklar
Bir yil avval saraton bilan kurashgan futbolchi Tojikistonda yil futbolchisi bo'ldi
Bir yil avval saraton bilan kurashgan tojikistonlik hujumchi Manuchehr Jalilov 2024 yilda Tojikistonning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
«Istiqlol» vakili bu yil Tojikiston chempionatida 21 ta o'yinda 17 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Malumot uchun, 2023 yilning yozida futbolchi saratonga chalingani elon qilingandi. SHundan so'ng futbolchi Moskvada davolandi. 2024 yilning mart oyida esa kasallikni engib, yana katta futbolga qaytgandi.
Fikrlar