Bir yil avval saraton bilan kurashgan futbolchi Tojikistonda yil futbolchisi bo'ldi

Khoja
27 dek 2024, 09:47
Bir yil avval saraton bilan kurashgan tojikistonlik hujumchi Manuchehr Jalilov 2024 yilda Tojikistonning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Istiqlol vakili bu yil Tojikiston chempionatida 21 ta o'yinda 17 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma'lumot uchun, 2023 yilning yozida futbolchi saratonga chalingani e'lon qilingandi. Shundan so'ng futbolchi Moskvada davolandi. 2024 yilning mart oyida esa kasallikni engib, yana katta futbolga qaytgandi.


KhojaMuallif
Manba: t.me/PenaltyNarzulla