So’nggi yangiliklar

02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  7 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  0 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  0 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  6 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  3 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  1 22:55Аморим Фергюсоннинг гаплари ҳақида фикр билдирди  3 22:31"Қизилқум" 22 ёшли футболчиси билан шартномани узайтирди  0 22:11Марсело "Барселона"дан "Реал"га кимни олган бўларди?  5 21:59Пеп Гвардиола: "Ҳозир "Сити" АПЛ чемпионлиги учун курашадиган ҳолатда эмас"  2 21:37Тьерри Анри: "Арсенал" ушбу мавсумда чемпион бўлиши керак"  0 21:13Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр  22 20:59Алонсо "Реал"даги фаолиятини баҳолашни истамади  0 20:36Фергюсон МЮнинг соврин ютиши учун қанча вақт кетишини айтди  3

PFL "Olimpik"ka 5 yanvargacha muhlat berdi, aks holda... Yangiliklar

PFL "Olimpik"ka 5 yanvargacha muhlat berdi, aks holda...

Avvalroq "Metallurg" klubi 2025 yilgi mavsumni Superligada o'tkazmasligi aniq bo'lgani va uning o'rni qanday ketma-ketlikda to'ldirilishi malum qilingandi.

Superliga o'tish o'yinlarida mag'lub bo'lgan "Olimpik" futbol klubi "Superliga va Proliga reglamenti"ning 10.3-bandidan kelib chiqib, "Metallurg" o'rnini egallash uchun birinchi raqamli nomzod hisoblanadi. Biroq klub reglamentning 11.1-bandiga ko'ra yangi mavsum uchun yillik xarajatlar smetasi loyihasini shu klubni moliyalashtiruvchi tashkilot hamda O'FA bilan kelishgan holda tasdiqlashga ulgurmagan.

"Metallurg" yangi mavsumni Superligada o'tkazmaydi

SHundan kelib chiqib, Liga "Olimpik" futbol klubiga o'zining kelgusi rejalariga oydinlik kiritish uchun 2025 yilning 5 yanvar sanasiga qadar vaqt taqdim etib, rasmiy xat yo'lladi. Uning nusxalari Milliy olimpiya qo'mitasi hamda Associaciyaga yuborildi. Agar "Olimpik" 2024 yilda bo'lgani kabi Superligada ishtirok etishga qaror qilsa va licenziyalash talablari asosida faoliyat olib borishga kafolat bersa, elitaning so'nggi ishtirokchisi nomiga oydinlik kiritilgan hisoblanadi. "Olimpik" klubi kelgusi mavsumni Proligada o'tkazishni afzal bilsa, Liga musobaqa reglamentidan kelib chiqib, "Xorazm" futbol klubi rejalarini o'rganishni boshlaydi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика