Rasman: O'tkir Yusupov "Navbahor"ga qaytdi!
18 dek 2025 13:53
Yangiliklar
Rasman: O'tkir Yusupov "Navbahor"ga qaytdi!
"Tajribali darvozabon O'tkir Yusupov jamoamiz bilan shartnoma imzoladi.
O'tkir Yusupov – 1991 yil, 4 yanvarda Qozog'istonning Sayram shahrida tug'ilgan. Bolaligida oilasi bilan yurtimizga ko'chib kelishgan.
Faoliyati davomida “Mashal” (Muborak, 2012-2013 yillar), “Nasaf” (Qarshi, 2014-2015 yillar), “Neftchi” (Farg'ona, 2016-2017 yillar), “Qo'qon - 1912” (Qo'qon, 2018 yil), “Navbahor” (Namangan, 2019 – 2024 yilning 1-davrasi), “Fulad” (Axvaz, Eron, 2024 yilning 2-davrasi, 2025 yil) jamoalarida o'ynagan. Shuningdek, 2018 yildan buyon O'zbekiston milliy terma jamoasi darvozasini qo'riqlab, terma jamoamizning JCH-2026 yo'llanmasini qo'lga kiritishiga o'zining munosib hissasini qo'shgan.
Tajribali darvozabon 1,5 yillik tanaffusdan so'ng, yana qadrdon jamoamizga qaytdi", – deyiladi "lochinlar" matbuot xizmati xabarida.
Avvalroq O'tkir Yusupov "Fulad"ni tark etayotgani haqida xabar bergan edik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar
30 йил деганда чемпионлик Наманганга қайтишида Копадзе ўз хиссасини қўшсин.