So’nggi yangiliklar

09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  1 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  1 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  3 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  9 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2

Ibragimovich: "Milan" – faoliyatimda menga eng ko'p narsa bergan klub" Yangiliklar

Ibragimovich: "Milan" – faoliyatimda menga eng ko'p narsa bergan klub"

"Milan" xo'jayini maslahatchisi Zlatan Ibragimovich "rossoneri"ning holati haqida gapirdi. Bu yil klub 125 yoshga to'ldi.

"Milan" – futbol tarixining bir qismi, biz esa uning eng yosh avlodimiz.

Biz o'tmishni hozirgi kunga keltiramiz va ularni aralashtiramiz. "Milan" shunday. Men shu erda ekanman, Silvio Berluskoni va Adriano Gallianiga rahmat aytmoqchiman, chunki biz hammamiz ular tufayli shu erdamiz.

Men ushbu loyiha, "Milan"ning qadriyatlariga ishonaman va men bu qarashni bu erda ishlaydigan odamlar bilan baham ko'raman deb o'ylayman. Odamlar buyuk yutuqlarga erishish, tarix yaratish, g'alaba qozonishni xohlashadi va siz g'alaba qozonish haqida gapirsangiz, o'zimni tirik his qilaman. Hozir jamoa g'alabaga erishishida ko'maklasha olmayman, lekin o'rganishim kerak bo'lgan ko'p narsa bor va buni kamtarlik bilan bajaraman.

Futbolchilik faoliyatim tugaganidan keyin ham "Milan" bilan iliq aloqani his qilaman va bu jamoa bilan katta muvaffaqiyatlarga erishmoqchiman.

Faoliyatimda menga eng ko'p narsa bergan klub shu. Bu erda ikki marta bo'lganman va "Milan"ni qadrlayman. Birinchi marta o'yin quvonchini his qildim, ikkinchi marta muhabbatni his qildim, endi bunga javob qaytarmoqchiman. Men nimanidir qaytarish ishtiyoqida yonyapman.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика