So’nggi yangiliklar

20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  1 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  1 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  4 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5

Zlatan 41 yoshda termaga chaqirilgani haqida: "Meni tugagan deyayotganlar uchun hali isbotlashni istayotgan narsalar bor" Yangiliklar

Zlatan 41 yoshda termaga chaqirilgani haqida: "Meni tugagan deyayotganlar uchun hali isbotlashni istayotgan narsalar bor"

"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich milliy termadan chaqiruv olgani haqida gapirdi.

Futbolchi hali hamon faoliyatini yakunlash niyatida emas.

- Ketish shunchaki oson bo'lmaydi. Ammo men uchun bu yakun emas.

Men bu erda farqni ko'rsatish uchun yurganim yo'q. Yoshim haqida gapirishni istamayman. Meni tugagan deyayotganlar uchun hali isbotlashni istayotgan narsalar bor. Ular hulosasi xato ekanligini ko'rsatmoqchiman.

So'nggi 14 oy mobaynida 3ta jarrohlik amaliyotini o'tkazdim. Holatim umuman yaxshilanmagan vaqtlar ham bo'ldi. Ko'zim faqat qorong'ulikni ko'rdi, yo'l oxiridagi yorug'lik yo'q edi. Sekin-sekin tizzam yaxshilanib bordi.

- Taslim bo'lish haqida o'ylamadingizmi?

- Yo'q, hech qachon taslim bo'lmayman. Bu menga adrenalin beradi. Xatto jurnalistlar ham meni egoistlikda ayblaydi, biroq men unday emasman. Aksincha Sizlar menga yordam berdingiz va bu davom etadi. Ich-ichimdan menga shubxa ko'zi bilan qarayotganlarga xato qilganligini ko'rsata olaman.

A Seriyada gol urgan eng qari futbolchi bo'lganim borasida ko'plab tabriklar oldim. Lekin menga yoshga atalgan rekordlar kerak emas. Qanday bo'lsam, shunday bo'lib qolaman. Biroq yoshim bo'yicha savollar bir umr berilaveriladi.

- 41 yoshda termadasiz, demak, savollar tabiiy.

- Kecha jamoaviy kechki ovqatda yigitlarga shunday dedim: "Menimcha, Sizlar meni axmoq deb, bu yoshda bu erda nima qilayapti deb o'ylayapsizlar. Biroq hali vaqtlar o'tib, Siz ham futbolni yakunlash yoshiga kelganida tizzangiz qaltirashni boshlaydi va tugatig qo'rqinchli holatga aylanadi. Demak, hozirgi hayotingizdan zavq oling, - dedi Ibragimovich.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика