Zidan murabbiy sifatida faoliyatidagi barcha finallarda g'alaba qozonmoqda
13 jan 2020 02:47
Yangiliklar
Zidan murabbiy sifatida faoliyatidagi barcha finallarda g'alaba qozonmoqda
Madridning "Real" klubi Ispaniya Superkubogi finalida "Atletiko"ni mag'lubiyatga uchratdi.
Bu Zinedin Zidan uchun "Real" bosh murabbiyi sifatida 9-finalga aylandi. Etiborli jihati shundaki, franciyalik mutaxassis ularning barchasida g'alaba qozonib, 100 foizlik natija qayd etmoqda.
Bungacha Zidan "Real" bilan quyidagi musobaqalarning finallarida zafar quchgan:
ECHL-2015/16, Evropa Superkubogi-2016, Klublar o'rtasidagi JCH-2016, ECHL-2016/17, Ispaniya Superkubogi-2017, Evropa Superkubogi-2017, Klublar o'rtasidagi JCH-2017 va ECHL-2017/18.
Fikrlar