JCH-2014. SHveycariya - Ekvador. Prevyu
15 iyu 2014 15:52
Yangiliklar
JCH-2014. SHveycariya - Ekvador. Prevyu
"E" guruhida bahslarni SHveycariya va Ekvador terma jamoalari boshlab berishadi.
Biz uchun ahamiyatli tarafi shundaki, mazkur bahsni Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar gurug'i boshqaradi.
Ko'pchilik guruhda aynan shu jamoalar ikkinchi yo'llanma uchun kurashishini bashorat qilmoqda. Favoritlik Franciyaga berilgan. Lekin kecha Kosta Rika namoyish etgan o'yindan keyin oldindan fikr bildiruvchilar ehtiyotkor bo'lib olishlari tabiiy. Ekvador yaqindagina Angliya bilan o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida juda yaxshi taassurot qoldirdi. O'sha bellashuv 2:2 hisobida yakunlandi.
Ottmar Xitcfeld SHveycariya bilan tayyorgarlik jarayonida muammolarga duch kelmadi. Jarohatlar uchramadi. SHu sababli ishqibozlar bu safar terma jamoadan kamida nimchorak finalga chiqishni kutishmoqda. Avvalgi chempionatda bu jamoa Ispaniyani mag'lubiyatga uchratgan, biroq guruhda qolib ketgandi. Bunda Ekvadorga qarshi bahs juda muhim sanaladi.
SHveycariyaning asosiy tarkibi deyarli aniq. Darvozada "Volfsburg" posboni Benalo, himoyada shu klub chap qanot himoyachisi Rodirges, bundesliga vakillari Juru va Bergen, "Yuve"ning motori deb tariflanadigan Lixtshtayner harakat qilsa kerak. Yarim himoyada Bexrami, Inler, SHakiri, Jaka va SHtoker to'p tepadi. Hujumda esa "Nyurnberg"da o'zini ko'rsatgan Drmich o'ynashini taxmin qilamiz. Bu o'yinchilar Germaniya va Italiya chempionatlarida to'p tepishadi.
Ekvador ustozi Reynaldo Rueda turnir oldidan jarohat olgan Kastiloning xizmatidan foydalana olmaydi. SHuningdek, Noboaning kichik jarohati bor. Agar u maydonga tushsa, Ruedaning muammosi ancha kamayadi. Bu jamoa etakchilari sifatida Antonio Valensiya, Noboa va Kaysedoni keltirish mumkin. Ayniqsa, "MYU" yarim himoyachisi Ekvadorning asosiy umidiga aylangan. Bu jamoaning asosiy kuchi oxirigacha kurashish, raqibga o'z o'yinini namoyish qilishga imkoniyat bermaslikda.
SHveycariya terma jamoasi oxirgi 18 uchrashuvdan faqat bittasida mag'lubiyatga uchragan. 2012 yilning may oyidan beri Xitcfeld jamoasi faqat Koreyaga imkoniyatni boy bergan. Bu jamoada ajoyib ko'rsatkich mavjud: oxirgi 2 mundialda SHveycariya 7 o'yinda darvozasidan 1ta gol olib chiqqan. Bu shunchaki qoyilmaqom natija. Biroq ular nimchorak finaldan nariga o'ta olishmagan. Janubiy Amerika jamoalariga qarshi shveycariyaliklar 5 o'yinda zafar quchishmagan.
Ekvador hali mundial final bosqichlarida g'alaba qozonmagan. Saralash bahslarida esa safarda birorta uchrashuvni ham yuta olmadi.
SHVEYCARIYA - EKVADOR
Brazilia. "Mane Garrincha" stadioni. 21:00
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (O'zbekiston).
Taxminiy tarkiblar
SHveycariya: Benalo - Lixtshtayner, Juru, fon Bergen, Rodriges - Bexrami, Inler - SHakiri, Jaka, SHtoker - Drmich.
Ekvador: Dominges - Paredes, Guagua, Eraso, V.Ayovi - A.Valensiya, Noboa, Mendes, Montero - E.Valensiya, Kaysedo.
Jarohatlangan: Noboa (so'roq ostida)
Behzod Nazarov tayyorladi.

Fikrlar