So’nggi yangiliklar

12:15"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш дербига қадар тикланишига умид қилмоқда  0 11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  4 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  2 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  2 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  12 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  2 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  3 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  2 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  3 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  9 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  2 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  9 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  8 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  67 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1

Gari Nevill: "Garnacho va Reshford ketsa, MYU uchun oldinga tashlangan katta qadam bo'ladi" Yangiliklar

Gari Nevill: "Garnacho va Reshford ketsa, MYU uchun oldinga tashlangan katta qadam bo'ladi"

Gari Nevill futbolchilar Markus Reshford va Alexandro Garnacho MYUdan ketishi kerak deb hisoblaydi.

"Reshfordni sotib yuborilishi yoki boshqa klubga ijaraga berilishi haqida xabarlar tarqaldi. SHaxsan men Ruben Amorim bu kabi muhim qaror qabul qilsa, hayron qolmayman. Uning yo'qotadigan narsasi yo'q. Bu kabi holatlarni, iqtidorli futbolchilar o'zlarini muntazam ravishda ko'rsata olishmasa, "Manchester Yunayted"ni olg'a etaklay olishmasa, jamoadan ketishganini o'nlab yillar davomida guvohi bo'lyapmiz.

Agarda ser Aleks Fergyuson uzoq yillar davomida qilgan ishini yodga olsak… Bazan yulduzlar bilan muammo yuzaga kelgan, u esa vaziyatni o'z qo'liga olishi talab qilinardi. Norman Uaytsayd va Pol Makgrat uning faoliyati boshida ketishgan, keyin Yap Stam, Devid Bekxem, Roy Kin va Rud Van Nistelroy. "Ular ketishi mumkin emas" - deyilgan katta futbolchilar. Bu ishni u boshqalarga yoqadimi yoki yo'q, barchasini o'z nazoratiga olish uchun qilgan.

Bizni katta transfer oynasi kutib turibdi. Balki biz kutganchalikmasdir, lekin Garnacho va Reshford ketsa, oldinga tashlangan katta qadam bo'ladi. "Tozalash" ishlaridan keyin bir-ikkita futbolchi bilan shartnoma imzolansa ham hayron bo'lmayman. 

Balki Ruben Amorim eng buyuk futbolchilarga yuzlanib: "Sizning kimligingizning ahamiyati yo'q, bu erda mening aytganim bo'ladi. Men klub standartlarini belgilayman va siz ushbu talablarga javob bermasangiz, qanchalik iqtidorli bo'lmang, transfer narxingiz qancha bo'lmasin, muxlislar bu haqida nima demasin, sizga qanday pul to'lashmasin – bu erdagi vaqtingiz nihoyasiga etadi, deyishi kerakdir", – dedi "Manchester Yunayted" sobiq sardori "The Overlap" podkastida.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика