APL top-klublari qiziqqan futbolchini "Bavariya" ilib ketmoqchi
16 jan 2025 20:44
Yangiliklar
APL top-klublari qiziqqan futbolchini "Bavariya" ilib ketmoqchi
"Bavariya" "Sporting" himoyachisi Usmon Diomande xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
"A Bola" malumotiga ko'ra, Diomande "Bavariya"ning ushbu transferlar oynasi vaqtidagi asosiy maqsadlaridan biriga aylanadi. Myunxen klubi bu borada "Sporting" bilan bog'langan va himoyachining transferi borasidagi shartlarni o'rgangan. Klub himoyachi uchun taklif tayyorlamoqda va yaqin kunlar ichida buni jo'natmoqchi.
"Bavariya" ushbu himoyachini mavsum yakunlanganidan keyin tarkibiga qo'shib olishni reja qilgandi. Biroq ayni damda uning xizmatlariga "Liverpul", "Arsenal", "CHelsi", "Nyukasl" va "Manchester Yunayted" kabi jamoalar ham qiziqish bildirayotgani ish jarayonini tezlashtirib yuborgan.
Ushbu mavsumda Diomande "Sporting" tarkibida Portugaliya chempionatining 16 o'yinida qatnashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar