APL top-klublari qiziqqan futbolchini "Bavariya" ilib ketmoqchi

Mirjalol Normatov
16 yanv 2025, 20:44
"Bavariya" "Sporting" himoyachisi Usmon Diomande xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"A Bola" ma'lumotiga ko'ra, Diomande "Bavariya"ning ushbu transferlar oynasi vaqtidagi asosiy maqsadlaridan biriga aylanadi. Myunxen klubi bu borada "Sporting" bilan bog'langan va himoyachining transferi borasidagi shartlarni o'rgangan. Klub himoyachi uchun taklif tayyorlamoqda va yaqin kunlar ichida buni jo'natmoqchi.

"Bavariya" ushbu himoyachini mavsum yakunlanganidan keyin tarkibiga qo'shib olishni reja qilgandi. Biroq ayni damda uning xizmatlariga "Liverpul", "Arsenal", "Chelsi", "Nyukasl" va "Manchester Yunayted" kabi jamoalar ham qiziqish bildirayotgani ish jarayonini tezlashtirib yuborgan.

Ushbu mavsumda Diomande "Sporting" tarkibida Portugaliya chempionatining 16 o'yinida qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: A Bola