"Navbahor" BAAda Xorvatiya, Armaniston va Xitoy jamoalariga qarshi o'ynaydi
16 jan 21:50
Yangiliklar
"Navbahor" BAAda Xorvatiya, Armaniston va Xitoy jamoalariga qarshi o'ynaydi
"Navbahor" poytaxt yig'ini yakuniga etgach 30 yanvar kuni yig'inning ikkinchi bosqichini tashkil etish maqsadida BAAga uchib ketadi.
Ushbu yig'in 11 fevralga qadar bo'lishi rejalashtirilgan. Ushbu yig'inda asosiy etibor o'yin amaliyotiga qaratiladi. Hozirda bir qator munosib raqiblar bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Quyida kelishuvga erishilgan sparing raqiblari va o'yin sanalari bilan tanishing:
1 fevral Xorvatiyaning "XNK Vukovar 1991"
4 fevral Armanistonning "Urartu"
6 fevral Xitoy superligasining bronza medali sohibi "CHengdu" jamoalari bilan o'yin o'tkazishga kelishib olindi.
Bundan tashqari jamoamiz BAA yig'ini doirasida yana ikkita o'yin o'tkazish rejaga kiritilgan va shu bois sparing raqiblar ko'rib chiqilmoqda. Rejaga muvofiq belgilangan kunlarga jamoalar bilan kelishuvga erishilgach sahifalarimiz orqali malum qilamiz.
Fikrlar