Nazorat uchrashuvi: Ajman - Lokomotiv 1-4

Narzulla Saydullayev
1 mar 2014, 23:01
Bugun Abramov boshchiligidagi jamoa BAA yig'in davomidagi so'nggi o'rtoqlik-nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Raqibimiz BAA Pro ligasi vakili Ajman jamoasi bo'ldi.

Ajman Amirligida bo'lib o'tgan uchrashuvda temiryo'lchilar yirik – 4:1 hisobida raqibi ustidan g'alaba qozondilar. Gollarni birinchi bo'limda Viktor Karpenko, va Aleksandr Shadrin kiritgan bo'lishsa ikkinchi bo'limda maydonga tushgan Bobur Tillaboev va Farhod Tojievlar ham bittadan urdilar.

Ushbu uchrashuv bilan Lokomotiv BAAda davom etgan 10 kunlik yig'inni yakunladi. Yig'in davomida jamoa 3 ta o'rtoqlik-nazorat uchrashuvlarini o'tkazdi (Dubay Siti 7:0, Al-Ahli 2:1 va Ajman 4:1). 3 o'yin yakuniga ko'ra temiryo'lchilar raqiblari darvozasiga 12ta to'p kiritib o'z darvozalaridan 3 bora gol o'tkazib yubordilar.

O'zbekiston vice-chempionlari ertaga poytaxtimizga qaytib kelishadi.

Ajman - Lokomotiv 1:4.

Gollar: V.Karpenko, A.Shadrin, B.Tillaboev, F.Tojiev

Lokomotiv: T.Ganiev, S.Mustafoev, B.Yo'ldoshov I.Inomov, V.Karpenko, A.Holmatov, D.Jabborov, J. Xasanov (kich), L.To'raev, A.Shadrin, V.Shevchenko

Zaxira: A.Kojokar, E.Gogol, S.Abdullaev, B. Tillaboev, F. Tojiev

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz