

Bu haqda El Desmarque xabar berdi.
Biroq 22 yoshli argentinalik futbolchining London klubiga o'tishiga "Real" to'sqinlik qilishi mumkin. "Komo" Pasni madridliklardan 60 million evroga sotib olgan bo'lsa-da, "Real"da uni 2027 yil yozida 80 million evro evaziga qaytarib sotib olish huquqi mavjud.
Pas joriy mavsumda barcha turnirlarda 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etgan.
Futbolchining "Komo" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, uning bozor qiymati 80 million evroni tashkil etadi.



