So’nggi yangiliklar

22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  4 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  43 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  0 21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  10 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  16 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0

Abduqodir Husanovgacha "Manchester Siti"da kimlar 45-raqamda o'ynagan? Yangiliklar

Abduqodir Husanovgacha "Manchester Siti"da kimlar 45-raqamda o'ynagan?

APLda harakat qiladigan o'zbekistonlik ilk futbolchi Abduqodir Husanov yangi jamoasida 45-raqam ostida o'ynashidan xabaringiz bor.

Xo'sh, bungacha "shaharliklar" tarkibida aynan qaysi futbolchilar bu raqamda maydonga tushgan?

Stiven Elliott (Irlandiya)

2003/04 yilgi mavsum "shaharliklar" sharafini himoya qilish bilan futboldagi katta yo'lini boshlagan Stiven deyarli hech vaqt qaydnomadan joy olmagan. SHu bois u bor-yo'g'i 2 ta o'yinda umumiy 16 daqiqa maydonda harakat qilgan xolos. Biroq fakt shuki, hujumkor yarim himoyachi 45-raqamda to'p tepgani bilan "Manchester Siti" tarixida qolgan.


Mayka Richards (Angliya)

2005 yil 22 oktyabr kuni "Arsenal"ga qarshi o'yinda 17 yoshli Mayka Richards zaxiradan maydonga tushib, "shaharliklar" birinchi jamoasida debyut qilgan. Dastlabki – 2005/06 yilgi mavsumida Mayka 45-raqam ostida to'p tepgan va 16 o'yinda maydonga tushib, hisobiga 1 ta gol yozib qo'ygan. Keyingi mavsum David Sommey jamoadan ketgach, 2-raqamni o'ziniki qilgan.  


Mario Balotelli (Italiya) 

2010 yildan 2013 yilgacha "shaharliklar" tarkibida harakat qilgan hujumchi bu raqamni mashhur qilgan futbolchi deb bemalol aytish mumkin. Har qanday qidiruv tizimiga "45-raqamli futbolchi" deb yozsangiz, sizga avval "Super Mario"ni, keyin boshqalarni chiqarib beradi. Mario 3 yil mobaynida 80 uchrashuvda qatnashib, 30 ta to'p kiritgan hamda 6 ta golli pas uzatgan. Forvard jamoa bilan bir bor chempionlikni tantana qilgan bo'lsa, Angliya Kubogi va Angliya Superkubogini qo'lga kiritishga ham ulgurgan.


Demeako Dyuxani (Angliya)

2017/18 yilgi mavsum "Manchester Siti" o'ng qanot himoyachisi Demeako Dyuxani 45-raqamda o'ynagan. 18 yoshli futbolchi o'sha mavsum "Manchester Siti" U-23 safida 16 o'yinda maydonga tushib, 1 ta golga assistentlik qilgan.  


Abduqodir Husanov (O'zbekiston)

Buyog'iga Mario Balotelli tanitgan 45-raqamni Abduqodir Husanov yanada porlatishga xizmat qiladi. Umid qilamizki, O'zbekiston MTJ himoyachisi bu raqam ostida Xosep Gvardiola jamoasining asosiy figurasiga aylanadi.

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика