JCH-2014. PREVYU. Argentina – Bosniya va Gercegovina
15 iyu 2014 14:16
Yangiliklar
JCH-2014. PREVYU. Argentina – Bosniya va Gercegovina
Braziliyada bo'lib o'tayotgan jahon chempionatida bugun “F” guruhining 1-tur uchrashuvlari start oladi.
Janubiy Amerikaning kuchli jamoalaridan biri Argentina Bosniya va Gercegovinaga qarshi bahs olib boradi. O'yin hashamatli “Marakana” stadionida bo'lib o'tadi.
JCH-2014. “E” guruhi. 1-tur
Argentina – Bosniya va Gercegovina
Bosh hakam: Joel Agilar (Salvador)
Taxminiy tarkiblar
Argentina: Romero - Sabaleta, Garay, Fernandes, Roxo - Gago, Maskerano, Di Mariya - Aguero, Messi, Lavessi.
Bosniya: Begovich - Muyja, SHunich, Spaxich, Kolashinac - Xayrovich, Beshich, Pyanich, Lulich - Misimovich - Jeko
Jarohat olganlar: Palasio, Iguain - Salixovich
Bosniya va Gercegovina milliy terma jamoasi o'z tarixida birinchi bor jahon chempionatida ishtirok etyapti. SHu bois ko'pchilik uchun bu jamoa sirli jumboq bo'lib ko'rinmoqda. Argentina esa guruhning yaqqol favoriti hisoblanadi. Eron va Nigeriyaga nisbatan Bosniya birmuncha kuchsiz ko'rinmoqda.
Bolqonliklar ilk uchrashuvni nafaqat guruh favoriti, balki musobaqada g'olib chiqishga davogarlik qiluvchi jamoaga qarshi o'tkazishadi. Albatta, uchrashuvda durang qayd etilgudek bo'lsa, bu natija Bosniya uchun juda ajoyib bo'ladi. Argentina termasi ustozi Alexandro Sabelya ayrim sabablarga ko'ra, Karlos Tevesni mundialga olib ketmadi. Gonsalo Iguain bilan Rodrigo Palasio esa jarohat tufayli dastlabki bahsni o'tkazib yuborishi mumkin. SHunday ekan, hozircha Argentina termasi ixtiyorida Aguero, Messi, Lavessi, Alvares kabi futbolchilar bor. Lekin bu nomlar bilan ham raqibga jiddiy tashvish tug'dirsa bo'ladi.
Bosniyada esa tarkib bo'yicha deyarli muammo yo'q hisobi. Joze Mourinoning versiyasiga ko'ra Angliya premer-ligasining eng kuchli futbolchisi Edin Jeko safda ekan, argentinalik himoyachilarga oson bo'lmaydi. Qolaversa, Jekoni hujumda Misimovich, Pyanich kabi futbolchilar qo'llab turishadi.
Argentinaning eng ojiz nuqtasi deb himoyani ko'rsatsak bo'ladi. Lekin jamoa qayd etgan natijalar buning teskarisini aytib turibdi. JCHdan oldin o'tkazilgan beshta o'rtoqlik uchrashuvida Argentina birorta ham gol o'tkazib yubormadi.
Alexandro Sabelya (Argentina bosh murabbiyi):
“Agar biz xatoga yo'lq qo'yib mag'lubiyatga uchrasak, bunda bosh murabbiy aybdor bo'ladi. SHunday ekan, men g'alaba qozonishni so'rab qolaman. Kim jahon chempioni bo'lishini aytib berolmayman. Men uchun kimnidir favorit deyishdan mano yo'q”.
Safet Sushich (Bosniya bosh murabbiyi):
“Biz uchun eng katta xavf Messining maydonga tushishi. Uning uchun alohida bir himoyachini biriktirib qo'yishdan mano yo'q. SHunday ekan, to'p unga kelishi bilanoq kimdir yonida bo'lishi kerak”.
Lionel Messi:
“Avvalgi jahon chempionatlarida o'yinim qovushmaganini tan olaman. Bu gal o'sha xatolarni takrorlamayman. Maqsadim bitta: jahon chempioni bo'lib uyga qaytish. Finalda Neymarga qarshi to'p surishni istayman”.
Qiziqarli faktlar
Argentina shu paytgacha Bosniya bilan ikki marta o'ynab, ikkalasida ham g'alaba qozongan. Oxirgi bellashuvda Argentina 2:0 hisobida zafar quchgan, Aguero ikkita gol urgan.
Argentina JCH-2014 ishtirokchilari orasida eng “qari” tarkibga ega: jamoaning o'rtacha yoshi 29.
Argentina safida yoshi 24dan kichik bo'lgan o'yinchi yo'q.
X.Xoliqov tayyorladi.

Fikrlar