So’nggi yangiliklar

16:15Суперлиганинг 23-тур ўйинларида ҳакамлар хатога йўл қўйдими? Россиялик экспертимизнинг ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 16:03Про лига. "Қўқон-1912" - "Олимпик-MobiUz" (онлайн натижа)  0 16:00Transfermarkt ва Championat.Asia Суперлигада октябрь ойининг энг яхшиларини аниқлашди  0 15:30Суперлигадан 3 футболчи Қирғизистон терма жамоасига чақирув олди  1 15:00Про лига. "Дўстлик" - "Хоразм" (онлайн натижа)  0 14:50Беллингем жуда ёмон статистика қайд этмоқда  7 14:01"Реал Мадрид"нинг юлдузли таркибидан кимларни танидингиз?  26 13:37Ўзбекистонда октябрь ойининг энг яхши ҳаками бўлиш учун номзодлар маълум  0 13:11"Манчестер Юнайтед"да тарих такрорланяптими?   7 12:54Италия терма жамоаси афсоналарини танидингизми?   7 12:40Тунда "Сити"га учта гол уриб шарманда қилган ҳужумчи: "Аморимни соғинамиз"  4 12:23Биринчи лига. Плей-офф учрашувлари ҳақида икки оғиз  2 12:01"Андижон" бош директори Элбек Саматов: "Таркибимизни кучайтириш устида иш бошланган, ОЧЛни Андижонда қабул қиламиз"  4 11:38Эшитдик-да! CAFA 6 мамлакат клублари ўртасидаги мусобақага асос солишга яқин турибди  12 11:35Асрор Алиқулов: "Ҳакам тўп қўлга теккан вазиятни кўрмасликка олди, шекилли"  1

JCH-2014. Kechagi kun yakuni Yangiliklar

JCH-2014. Kechagi kun yakuni

Sensacion Kosta-Rika, to'p oshiruvchi Italiya, raqsga tushadigan Kolumbiya, omadsiz Angliya va Resifidagi “ertalabki shou”.
Kechagi kunning uchrashuvlari
Kolumbiya – Gerciya 3:0
Urugvay – Kosta-Rika 1:3
Angliya – Italiya 1:2
Kot-d'Ivuar – Yaponiya 2:1

Kun sensaciyasi
Italiya, Angliya va Urugvay bilan bir guruhga tushgan Kosta-Rikani hech kim jiddiy qabul qilgani yo'q. Ularning 1990 yildagi SHotlandiya ustidan qozonilgan g'alaba va JCH 2002 dagi ajoyib o'yinlarini eslashdi. Ammo shu kungacha hech kim bu jamoaga jiddiy qaramagan. Oxirida esa aksincha bo'lib chiqdi.



Luis Suaressiz Urugvay jamoasi mundial saralash o'yinlarida 5 o'rinni olib 1 ta yo'llanmani Iordaniya bilan bahs olib brogan jamoani eslatib yubordi. Birinchi bo'lim o'rtalarida to'p o'tkazib yuborgan Kosta-Rika terma jamoasi bosiqlik bilan o'z rejasi bo'yicha harakatini davom ettirdi: harkatchan va tezkor Joel Kempbell hujumda, standartlardan Kristian Bolanos ajoyib to'p uzatishlar va himoyadagi jamoaviy o'yin. Ikkinchi bo'lim boshida Urugvay terma jamoasi quladi. Tabaresning o'zgartirishlari hech qanday foyda bermadi, raqiblardan maydonga tushgan Marko Urenya esa uchinchi golni urdi.

Ajoyib ikkinchi bo'lim, Xorxe Pintoning ajoyib g'alabasi.

Kun nazorati

Ikki yil oldin Evropa chempionati chorak finalida Angliya va Italiya terma jamoalari bahs olib borishadi va penaltilar seriyasida italiyaliklar g'olib bo'ladi, usha uchrashuvda CHezare Prandelli shogirdalari inglizlarga to'p nazorati bo'yicha master klas o'tab berishganini hozirgacha eslashadi. Kievdagi o'yinda Roy Xojson jamoasi Andrea Pirloni yopish yo'lini topisha olmagandi, ammo bugungi o'yinda ularni ancha o'sganini ko'rish mumkin.



Angliya birinchi bo'limda va ikkinchi bo'lim boshida hujumkor yaxshi futbol namoish etdi: kombinacion, tezkor, optimistik. Hojson shogirdlariga hujumning yaxshi yakuni etishmadi, ammo Italiya esa aksincha , kam sonli hujumlar va o'z imkoniyatlaridan yaxshi foydalanishdi. Prandelli jamoasini maydonda Pirlo boshqardi, Andrea Pirlo – 108ta , Daniele De Rossi – 105ta, maydonda bir soatdan kam vaqt o'tkazgan Marko Veratti esa – 61ta aniq to'p oshirishiga ega bo'lishgan.  Inglizlar safida eng yaxshi to'p oshiruvchi – Stiven Jerrard – 67ta.

Kun ilhomi
Kot-d'Ivuar jamoasi o'yin boshida gol o'tkazib yuborganiga qarmay yaponlardan kuchliroq va qiziqroq ko'rinardi. Sabri Lyamushi jamoasi gol borasida raqibdan o'ta olishmayotgandi. Afrikaliklar hujumchilari Jervino, Kalu va Drogba o'rniga maydonga tushgan Boni raqib darvozabonini ranjitish hech qo'llaridan kelmasdi. CHap qanot himoyachisi Boka kamida ikkta gol urishi kerak edi.



Umuman bu o'yinda ruxlantirish kerakligi sezilib turgandi.  Dide Drogba maydonni golsiz tark etadi, maydonga tushgan hujumchi esa yaxshi harakat qila olmayotgan yaponlar himoyasi va darvozabonini ranjitadi.

Kun goli

Keysuke Xonda (Kot-d'Ivuar – Yaponiya 0:1) VIDEO

Kun jarohati

Daiel Starrij Angliya terma jamoasining ajoyib kombinaciyasini golga aylantirgan paytda, kimdir maydon tashqarisida shifokorlar yordamiga muhtoj yotgan edi. Malum bo'lishicha bu inson Angliya terma jamoasi bosh shifokori Gari Lyuin ekan. U golni nishonlay turib suv idishiga qoqilib ketgan va oyog'ini jiddiy qayirib olgan ekan. Arsenalning sobiq shifokori Angliyaga jo'natildi, uning o'rniga inglizlar sog'ligiga ikkinchi shifokor Stev Kemp javob beradi.



Angliyalik muxlislar Aleks Oksleyd-CHemberlen va Daniel Starijning jarohatidan havotirda. Ustiga-ustak jamoa bosh shifokori ham ularning safida.

Golning eng zo'r nishonlanishi
Biladigan insonlar ogohlantirishgan: Kolumbiya gol ursa, biz albatta chiroyli jamoaviy gol nishonlanishini ko'ramiz. Bu raqslarning bosh tashkilotchilar “CHa-cha-cha” harakati bilan raqs tushuvchi hujumchi Jekson Martines va folklyorni sevuvchi Pablo Armero.

Aynan Armero 5-daqiqada gol urganidan so'ng, zaxira futbolchilari bilan ajoyib raqs tashkillashtiradi. Bu raqs bilan nafaqat eng tez gol (JCH-2010), balki eng chiroyli gol nishonlash yaralgan.


Bu gol Kolumbiya uchun 1998 yildan keyin mundialda urilgan birinchi gol bo'ldi. Ushanda Leyder Presiado kolumbiyaliklarga Tunis ustidan g'alaba qozonishga yordam bergan, ammo jamoa guruhdan chiqa olmagan, keyin esa uchchala jahon chempionatidan ham quruq qolishgan.

Kun Greciyasi
Greciya terma jamoasi har qaysi katta turnirda huddi Evropa jamoalari uchun bo'lgan Greciya  jamoasidek. Hech kim undan xursand emas, ammo chidashga to'g'ri keladi.
Uchinchi bora mundialda ishtirok etayotgan jamoa, salbiy natijalar ko'rsatishda davom etmoqda. Bu jamoaning umumiy natijalari: 7 o'yin, 6 mag'lubiyat, 6 o'yinda gol urisha olmagan. Braziliyadagi debyut o'yinida bo'sh darvozani nishonga ola bilmay Kolumbiya terma jamoasiga 3:0 hisobida mag'lub bo'lishdi.



Kun chetlatilishi
Urugvay himoyachisi mundialdagi birinchi qizil kartochka egasiga aylandi. Nemis hakami Feliks Brix o'yin davomida ko'p narsani kechirdi, ammo Pereyra Joel Kempbelga qaqshatkich zarba berganidan so'ng, qizil kartochka ko'rsatishdan boshqa iloji qolmadi.



Pereyra chetlatilishi bilan Urugvay mag'lubiyati aniqlashib qoldi. Ikkinchi taymda Kosta-Rika terma jamoasi ketma-ket ikki gol urishga erishdi, Tabares esa qutqarish uchun hech qanday yo'l topa olmadi. Murabbiy Luis Suaresning Angliya va Italiyaga qarshi o'yinlarga olib qo'ydi. Urugvayning Kosta-Rikaga tishi o'tmadi.

Kun “Hayrli tongi”
Kot-d'Ivuar va Yaponiya uchrashuvi o'zgacha bahsdir. JCH 2014dagi hech qaysi uchrashuv bunday kech boshlanmagan va boshlanmaydi ham. Kun yakunini o'z nihoyasiga etkazamiz va barchaga hayrli kun deb tilab qolamiz.

Dam olishga ulgurmay “keyingi o'yin kuni” yaqinlashib kelmoqda.




Xorij saytlari asosida Jasur Aslanov tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика