JCH-2014. Gollandiya – Meksika. PREVYU
29 iyu 2014 16:33
Yangiliklar
JCH-2014. Gollandiya – Meksika. PREVYU
Braziliyada bo'lib o'tayotgan jahon chempionatida bugun 1/8 finaldan o'rin olgan o'yinlar davom ettiriladi.
Fortaleza shahridagi “Kastelan” stadionida Gollandiya va Meksika o'zaro bahs olib boradi. Yaxshi bilasiz, bundan to'rt yil muqaddam JARda o'tkazilgan mundialda Gollandiya finalga qadar etib borib, yakunda Ispaniyaga 0:1 hisobida mag'lub bo'lgandi. O'shanda gollandlarga Bert van Merveyk bosh murabbiylik qilgan.
Hozirgi jamoani esa Lui van Gaal boshqarmoqda va mutaxassislarning aytishicha, har ikki jamoa bir-biridan tubdan farq qiladi. Hozirgi jamoa muxlislarni ayniqca o'tkir hujumlari bilan hayron qoldirmoqda. Gollandiya guruh bosqichida hammadan ko'p to'p kiritgan jamoa bo'ldi: 10ta gol. Gollandlar ko'p gol urishi uchun birinchi raqamli jamoa sifatida harakat qilishi shart emas. Masalan, CHili bilan o'yinni olaylik. Gollandiya butun o'yin davomida to'pga 36 foiz egalik qilgan bo'lishiga qaramay, 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Van Gaalning eng asosiy quroli shundaki, jamoa himoyadan hujumga juda tez o'tadi.
Qizig'i shundaki, Meksika ham Gollandiya kabi hujumga tez o'tishni maqul ko'radi. SHunday ekan, bugungi uchrashuvning ancha qiziqarli kechishi kutilmoqda. Migel Errera shogirdlari Xorvatiya va Meksika bilan kechgan bahslarda ikkinchi raqamli jamoa bo'lib o'ynashdi, shunga qaramay ijobiy natijaga erishishdi. Ammo bugungi pley-off bahsida baribir Gollandiya favorit sifatida etirof etilmoqda.
Lui Van Gaal diskvalifikaciya tufayli guruhdagi oxirgi o'yinni o'tkazib yuborgan Robin van Persini bugun ilk daqiqalardan maydonga tushiradi. Robben, Blind, de Vrey, Nayjel de Yong garchi alohida shug'ullangan bo'lishsa-da, ular ham bugungi bellashuvga tayyor. Meksikada esa bitta yo'qotish bor. Bugungi o'yinni diskvalifikaciya sabab Xose Xuan Vaskes o'tkazib yuboradi va uning o'rnini Karlos Salsido egallaydi.
JCH-2014. 1/8 final
GOLLANDIYA – MEKSIKA
Fortaleza. “Kastelan” stadioni
Bosh hakam: Predro Proensa (Portugaliya)
Taxminiy tarkiblar
Gollandiya: Silessen - de Vrey, Vlaar, Mantins Indi - Yanmaat, de Yong, de Guzman, Blind - Snayder - van Persi, Robben
Meksika: Ochoa - Rodriges, Markes, Moreno - Agilar, Errera, Salsido, Guardado, Layun - dos Santos, Peralta
Lui van Gaal (Gollandiya termasi bosh murabbiyi):
“Men bu erga bir yil oldin ham kelgandim va o'shanda havo ancha issiq edi. Lekin namlik yuqori bo'lib qolmoqda, bu esa o'yinga o'z tasirini ko'rsatmay qolmaydi. Menimcha, ob-havo Meksikaga ham o'z tasirini o'tkazadi”.
Migel Errera (Meksika termasi bosh murabbiyi):
“KONKAKAF kuchayib bormoqda. Endi bu mintaqada kuchsiz futbol mavjud deya olmaymiz. Biz endi boshqa qitalar bilan ham tengma-teng kurasha oladigan saviyaga chiqdik. Muxlislarimiz yaxshi qo'llab tursa Gollandiyadan ham o'ta olamiz”.
Qiziqarli faktlar
- Gollandiya JCH guruh bosqichida hammadan ko'p gol urdi: 10ta
- Meksika guruh o'yinlarida atigi bitta gol o'tkazib yubordi.
- Meksika o'z tarixi mobaynida faqat ikki marta JCH chorak finaliga yo'l olgan
- Gollandiya jahon chempionatlaridagi oxirgi o'nta uchrashuvdan 9tasida g'alaba qozongan.
- Aren Robben terma jamoada o'zining oxirgi 9ta o'yinida 8ta gol urdi
- Robin van Persi MTJdagi oxirgi 25 uchrashuvida 21ta gol urdi.
X.Xoliqov tayyorladi.

Fikrlar