“Zenit”ga “Inter” futbolchisi kerak
26 iyu 2019 08:55
Yangiliklar


“Zenit”ga “Inter” futbolchisi kerak
Sankt-Peterburg klubi “Inter” yarim himoyachisini jamoga olib kelmoqchi.
Gap “Inter”ga kerak bo'lmay qolgan Raja Nainggolan haqida ketmoqda. “Zenit” allaqachon futbolchi transferi yuzasidan “Inter” bilan aloqaga chiqqan. Ruslar Raja uchun yiliga 4,5 mln evro maosh berishga tayyor. U ayni damda “Inter”da ham shuncha maosh oladi.
Futbolchining o'zi esa “Kalyari”ga o'tishni xohlamoqda. Biroq Sardiniya klubi Rajaga yillik 1,5 mln evro maoshdan ortig'ini to'lay olmaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar