Lautaro ECHL finalidagi mag'lubiyat haqida: "5 kun gapira olmaganman"
06 sen 2025 00:23
Yangiliklar
Lautaro ECHL finalidagi mag'lubiyat haqida: "5 kun gapira olmaganman"
Lautaro Martines ECHL finalida PSJdan uchralgan 0:5 hisobidagi mag'lubiyat haqida gapirdi.
"Mag'lubiyatdan keyin 5 kun gapira olmaganman. Bosimga to'lib ketib, jaxlim chiqayotgandi.
So'nggi 3 yilda ikki marta finalga chiqdik. Finalgacha zo'r yo'lni bosib o'tdik va so'nggi o'yinda bizning asosiy maqsadimiz - bosh sovrinni qo'lga kiritish uchun nimadir etishmay qolaverdi.
PSJ qiyin raqib bo'lishini bilardik, ularda ishonchi yuqori jamoa bor edi. Biroq bizning jamoa ham kuchli edi. Finalga katta ishonch va xotirjam bo'lib tayyorlandik. Ha, biz juda kuchsiz ko'rindik. Finaldagi o'yinimizni shunday tariflasa bo'ladi. Chunki o'sha kuni biz tayyorlagan biror rejamizni ishlata olmadik.
O'yinni o'z tomonimizga og'dira olmadik va shu boisdan jaxlimiz chiqdi. PSJ esa bunday natijaga loyiq edi", - dedi Lautaro.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar