"Zenit" "Barselona" sobiq forvardi bilan shartnoma imzolashi mumkin
03 avg 2021 13:25
Yangiliklar
"Zenit" "Barselona" sobiq forvardi bilan shartnoma imzolashi mumkin
"Zenit" "Roma" hujumchisi Pedroga qiziqmoqda.
Sankt-Peterburg klubi rimliklarning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyuning rejalariga kirmaydigan 34 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Pedro "Roma"da 2020 yilning yozidan beri o'ynamoqda. Futbolchi bunga qadar "CHelsi" va "Barselona" klublari sharafini himoya qilgan.
Forvard 2020/21 yilgi mavsum 40ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 7ta assist qayd etdi.
Fikrlar