Rasman: "Paxtakor" portugaliyalik bosh murabbiy va uning assistentlari hamda braziliyalik legioner bilan xayrlashdi
07 iyu 2025 15:20
Yangiliklar
Rasman: "Paxtakor" portugaliyalik bosh murabbiy va uning assistentlari hamda braziliyalik legioner bilan xayrlashdi
"Sherlar" Pedru Moreyra va uning murabbiylar shtabi bilan hamkorlikni to'xtatdi.
"Portugaliyalik murabbiy Pedru Moreyra hamda uning besh nafar yordamchisi bilan hamkorlik ikki tomon kelishuvi asosida bekor qilindi.
Biz ushbu mutaxassislarning klubda olib borgan faoliyati uchun minnatdorlik bildirib, ularning kelasi ishlarida omad tilaymiz.
Shuningdek, yarim himoyachi Jonatan Lukka bilan shartnoma ham bekor qilindi. U og'ir jarohat sababli may oyida safdan chiqqandi", – deyiladi klub xabarida.
Avvalroq "Paxtakor" legioneri yozda jamoani tark etishi haqida malumot taqdim etgan edik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar