"Aston Villa" PSJning 18 yoshli tarbiyalanuvchisini 55 mln evroga xarid qildi

Sherzod Nurmatov
1 sen 2026, 16:55
"Aston Villa" hujumchi Ibraim Mbaye PSJdan kelib qo'shilganini e'lon qildi.

“The Athletic” muxbiri Jeykob Tensvellning yozishicha, kelishuv summasi bonuslar bilan birga 55 mln evroga baholanmoqda. 18 yoshli senegallik vinger 1 yilga uzaytirish huquqi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.

Mbaye - PSJ tarbiyalanuvchisi bo'lib, parijliklar safida 16 yoshida debyut qilgan va 42 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol hamda 4 ta assist qayd etgan.

4.jpg

"Aston Villa"ning yangi a'zosi Senegal terma jamoasi safida 15 ta o'yin o'tkazgan hamda Jahon chempionatida Fransiya darvozasiga urgangoli (1:3) evaziga mundiallarning final bosqichida gol urgan tarixdagi eng yosh afrikalik futbolchiga aylangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: avfc.co.uk